Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi
Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari va hukumatlari tomonidan imzolangan hujjatlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi doirasida 15 ta hujjat imzolandi.
Kazinform xabariga ko‘ra, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Shavkat Mirziyoyev quyidagi hujjatlarni imzoladi:
1. Qozog‘iston Respublikasi prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qo‘shma bayonoti;
2. Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy davlatlararo kengashining Qozog‘iston-O‘zbekiston ikki tomonlama hamkorligini yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi qarori;
3. Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Davlatlararo kengashining Tashqi ishlar vazirlari kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori.
Bundan tashqari, O‘zbekiston prezidentining Qozog‘istonga davlat tashrifi doirasida quyidagi hujjatlar imzolandi:
1. Qozog‘iston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasi rejimi to‘g‘risidagi bitim;
2. Qozog‘iston Respublikasi hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida 2006 yil 4 sentabrdagi Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi bitim bayonnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;
3. Qozog‘iston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida 2006 yil 20 martdagi xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;
4. Qozog‘iston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi;
5. Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
6. Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnoma;
7. Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligining Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘rtasida tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnoma;
8. Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
9. Qozog‘iston Respublikasi Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘rtasida raqobatni himoya qilish siyosati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnoma;
10. Qozog‘iston Respublikasi prezidenti huzuridagi Qozog‘iston Strategik tadqiqotlar instituti va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti o‘rtasida Qozog‘iston-O‘zbekiston ekspert kengashini tashkil etish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
11. Qozog‘istonning «Otandastar» jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi bitim;
12. Astana shahri hokimligi va Toshkent shahri hokimligi o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi («Yo‘l xaritasi»).
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh yaqin 48 ichida Eronning ehtimoliy javob zarbasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda - NBC News
Jahon | 12:57
-
Neuralink chipi o‘rnatilgan erkak bir haftada fikr kuchi orqali videoo‘yin o‘ynashni o‘rganib oldi
Jahon | 12:28
-
O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlardan ehtiyotkorlikni oshirishni so‘radi
O‘zbekiston | 12:06
-
Bu sodir bo‘ldi: AQSh tarixda ilk marta Eronga zarba berdi
Jahon | 11:58
Mavzuga oid

23:24 / 17.06.2025
To‘qayev Mirziyoyevni O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi

10:10 / 09.06.2025
Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini almashtirdi

16:38 / 31.05.2025
2029 yilda lavozimimni tark etaman – To‘qayev

16:38 / 30.05.2025