Jahon | 20:47 / 09.08.2024
3223
2 daqiqa o‘qiladi

BBC hibsga olingan boshlovchisidan 200 ming funt maoshini qaytarishni talab qildi

Iyul oyida Edvards bolalar bilan bog‘liq nomaqbul tasvirlarni yaratganlikka oid uchta band bo‘yicha aybini tan olgan.

Foto: Getty Images

BBC Xyu Edvardsdan 2023 yilning noyabr oyida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik aks etgan suratlarni chop etishda ayblanib, ushlanganidan keyin olgan 200 ming funt sterlingdan ortiq maoshini qaytarishni talab qildi.

BBC raisi Samir Shohning xodimlarga yozgan maktubida qayd etilishicha, u qonunbuzarlik sodir etganini bilgan holatda maosh olishda davom etib, «vijdonsizlik qilgan».

Edvards BBC yangiliklarining eng mashhur boshlovchilaridan edi, u bolalarning axloqsiz tasvirlarini yaratish ayblovlari bilan hibsga olinganidan keyin ham besh oy davomida o‘z maoshini olib kelgan. O‘tgan yilning iyulida u ishdan chetlatilgan, to‘rt oy o‘tib esa hibsga olingan edi. U aprelga qadar BBC'dan ketmagan.

Shohning so‘zlariga ko‘ra, Edvards «qo‘shaloq hayot kechirgan» — bir qarashda u hurmatli boshlovchidek ko‘ringan, ammo «hamkasblari va auditoriya ishonchini sotgan».

Iyul oyida Edvards bolalar bilan bog‘liq nomaqbul tasvirlarni yaratganlikka oid uchta band bo‘yicha aybini tan olgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyat 2020-2022 yillar oralig‘ida sodir etilgan bo‘lib, u WhatsApp'da tarqatilgan 37 ta surat bilan bog‘liq.

Bosh direktor Tim Devi o‘tgan hafta bergan intervyusida korporatsiya boshlovchining jiddiy ayblovlar bilan noyabrda hibsga olinganidan xabardor ekanini tasdiqlagan. BBC direktorlar kengashi «bosh direktor va uning jamoasi tomonidan ushbu davr oralig‘ida qabul qilingan qarorlarni qo‘llab-quvvatlashini» ma’lum qilgan.

Shuningdek, bayonotda aytilishicha, agarda Edvars BBC’ga o‘zining hibsga olinishini ochiq aytganida «hech qachon davlat pullarini to‘lash davom etmagan bo‘lardi».

Mavzuga oid