BBC jurnalisti Ibrat Safoning Kun.uz bilan suhbatda aytişiça, bu voqealarda populist siyosatçilarning odamlar hissiyotini junbişga keltiruvçi çiqişlari ham katta öringa ega. Şu bilan birga, oxirgi saylovlarda ultraöngçilar partiyasi ovozlar soni böyiça 3-örinni olgani aksilmigratsiya va millatçilik kayfiyati Britaniya jamiyatida keng yoyilganini tasdiqlaydi.
Buyuk Britaniyada 30 iyul kuni boşlangan namoyişlar keng kölamli zöravonlikka aylanib ketdi. Hattoki, “Buyuk Britaniya fuqarolik uruşi yoqasida” degan fikrlar ham böldi, xöş, qirollikda asl vaziyat qanday? Kun.uz mavzu yuzasidan BBC özbek xizmati (bbc.com/uzbek) jurnalisti Ibrat Safo bilan suhbatlaşdi.
— Sautportdagi hujumdan taşqari, Britaniyada öta öngçilar kayfiyati va zöravonlik kuçayişiga qanday tizimli omillar sabab böldi?
— Bu voqeaning vujudga kelişi uçun asosiy turtki Sautportdagi hujum hisoblanadi. Hujumni 17 yoşli ösmir uyuştirgan. Ba’zi manbalarda bu ösmirni musulmon migrant deya notöğri axborot tarqatildi, bu feyk keng tarqalib ketişi ortidan odamlar orasida “ötgan yili kemada Britaniyaga kelgan ösmir musulmon ekan” degan tasavvur paydo böldi.
Namoyişlarga mana şu narsa turtki berdi. Lekin umumiy vaziyatni olib qaraydigan bölsak, joriy yilgi saylovlardan jamiyatda öta öng qanot tarafdorlari yetarliça köpligi ma’lum böldi. Yangi tuzilgan, öta öng qanot “Islohot” partiyasi 14 foiz ovoz olişga muvaffaq bölib, 5 ta deputatini parlamentga sayladi. Bu birinçi marta şunday bölyapti.
Partiya rahbari Nayjyel Faraj deputatlikka 8 marta harakat qilgan bölsa, sakkizinçisida buning uddasidan çiqqan. Faraj – öta millatçi, immigratsiyaga qarşi va islomofob kayfiyatdagi odamlarning hissiyotlarini junbişga keltirib, çiqişlar qiladigan, xarizmatik, populistik siyosatçi. Köp yillardan beri Britaniya siyosatida aynan mana şu kun tartibini ilgari surib keladi. Mana şu saylovlarda ma’lum böldiki, 14 foiz ovoz yiğa olgan bölsa, demak Britaniyada u bilan hamfikr odamlar köp ekan.
Sautportda uç qizning ölimi past olovda qaynab turgan ana şu kayfiyatni birdan alanga oldirib yubordi va bu köçalarga ham yoyildi. Ammo ularning muvofiqlaşgan aniq bir tizimi bor deb aytib bölmaydi. Çunki u yerda har xil odamlar bor edi. Boş vazir ularni öng qanot bezorilari deb atadi. Namoyişlarda bezorilar bilan birga, immigratsiyaga qarşiligini tinç yöl bilan izhor qilişga harakat qilayotgan odamlar ham bor, köça bolalari ham bor. Ammo aniq bir tizim yöq ularning orasida.










