Latviya Içki işlar vazirligi Rossiya va Belarus fuqarolarining muhim infratuzilma obektlari boşqaruvida mas’ul lavozimlarni egallaşini taqiqlovçi milliy xavfsizlik töğrisidagi qonunga özgartiriş tayyorladi. Bu haqda LETA milliy agentligi xabar berdi.

IIV qonunga kiritiladigan mazkur özgartirişlarni «Latviya davlati va jamiyati xavfsizligi uçun muhim bölgan infratuzilmalar himoyasini kuçaytiriş» zarurati bilan izohladi.

Taklif etilayotgan özgartirişlarga köra, Rossiya va Belarusning jismoniy hamda yuridik şaxslari endi Latviyadagi nafaqat muhim infratuzilmalar «egasi, boşqaruvçisi yoki benefitsiari» böla olmaydi, ammo balki bu kabi obektlarga xizmat ham körsata olmaydi. Latviya davlat xavfsizlik organlaridan maxsus ruxsat olganlar uçun istisno qilinişi mumkin.

Öz navbatida muhim infratuzilma obekti egalariga «hududiy yaxlitlik, suverenitet va mustaqillik yoki demokratik davlatning konstitutsiyaviy tuzumiga tahdid uyğotadigan» davlat yoki şaxslarni qöllab-quvvatlaş taqiqlanadi.

2023 yil sentabrda Latviya Seymi deputatlari köpçilik ovoz bilan milliy xavfsizlik konsepsiyasi loyihasini ma’qullagan edi — undagi bandlardan birida Latviya rus tilida faoliyat yuritadigan OAVning yopilişi nazarda tutilgan.

Avvalroq Latviya Özbekiston fuqarolari uçun viza rejimini soddalaştirişi mumkinligi töğrisida xabar berilgandi.