Xalqaro jinoiy sud (XJS) rahbariyati AQŞ prezidenti Donald Tramp lavozimga kirişişi bilan taşkilot faoliyatini falajlab qöyadigan iqtisodiy sanksiyalar joriy etişidan xavotirda. Bu haqda The Guardian öz manbalariga tayanib xabar berdi.
XJS Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu hamda sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga oliş uçun order berganidan keyin AQŞ Vakillar palatasi Xalqaro jinoiy sudga qarşi sanksiyalar töğrisidagi qonun loyihasini ilgari sura boşlagan. Ammo sudning hisoblaşiça, Tramp qonun loyihasini kutib ötirmasdan, bu işni tezlaştirib yuborişi mumkin.
The Guardian suhbatdoşining sözlariga köra, XJS sanksiyalar alohida şaxslarga qaratilgan çoralarga qöşimça böladigan «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda. Şu bilan birga, manbalarning fikriça, sanksiyalar sud uçun öz faoliyatini davom ettirişda kerak böladigan xizmatlarni bloklaşga qaratiladi. Xususan, bank va tölov tizimlari, IT-infratuzilma va suğurta kompaniyalariga tegişli ma’lumotlarni qölga kiritiş çeklanadi.
Naşrning ayrim manbalarining ta’kidlaşiça, sud faoliyatida Microsoft Azure bulutli platformasi hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi va undan foydalanişga çeklov qöyilişi tergovlar işini falajlaydi. «Biz barça dalillarimizni bulutda saqlaymiz», — deydi gazeta suhbatdoşi.
The Guardian’ning qayd etişiça, XJS faoliyatini qiyinlaştiriş Netanyahu va Galantni hibsga oliş uçun berilgan orderlarni qaytarib oliş uçun harakat hisoblanadi.












