Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondagi 368 ta tog‘li ko‘lda yorilish xavfi borligi ma’lum qilindi
Mamlakatda ikki mingdan ortiq tog‘li ko‘llar mavjud. Ular masofadan zondlash yoki yerdan o‘rganish yordamida monitoring qilinadi.
Qirg‘izistondagi 368 ta baland tog‘li ko‘llarda yorilish xavfi bor. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognoz qilish departamenti direktori Daurbek Sakiyev ma’lumot berdi.
Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda ikki mingdan ortiq tog‘li ko‘llar mavjud. Ular masofadan zondlash yoki yerdan o‘rganish yordamida monitoring qilinadi. Shular asosida profilaktika va himoya choralari bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
«Yanvar-fevral oylarida ushbu prognozlar profilaktika choralarini ko‘rish uchun mahalliy hokimliklarga yuboriladi, har oyda gidrometeorologik vaziyat va sharoitlardan kelib chiqib, vazirlik tomonidan tabiiy ofat haqida ogohlantirish va SMS xabarlar yuboriladi», dedi Sakiyev.
Avvalroq Bishkek meriyasi tog‘li ko‘llarning yorilishi xavfi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqinlariga maxsus tayyorgarlik rejimini e’lon qilgan edi. Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chuy viloyatidagi Ko‘l-To‘r ko‘li yorilishining oldini olish maqsadida undan suv oqizishni boshladi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026