Polsha AQShdan yuzlab «havo-havo» sinfidagi raketalarni sotib oldi
Shartnoma qiymati taxminan 783 million yevroni tashkil etadi, deya xabar beradi Polsha milliy qurollanish agentligi juma kuni. Raketalar 2029-2033 yillar oralig‘ida yetkazib beriladi.
Polsha AQSh bilan bir necha yuzlab AIM-120C AMRAAM «havo-havo» sinfidagi raketalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Shartnomada ko‘rsatilgan qiymat 855 million AQSh dollarini (taxminan 783 million yevro) tashkil etadi, deb xabar qildi Polsha qurollanish agentligi 9 avgust, juma kuni kechqurun.
«Yetkazib berish 2029 yildan 2033 yilgacha amalga oshiriladi. Havo jangovar qurollari (Polsha) harbiy-havo kuchlarida xizmat qiluvchi jangovar samolyotlar tomonidan qo‘llanadi», deyiladi X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan xabarda. Xarid qilingan raketalarning aniq soni aytilmagan.
Bundan tashqari, Polsha matbuotiga ko‘ra, kelasi hafta Varshava va Vashington o‘rtasida qiymati 9 milliard dollardan ortiq bo‘lgan Amerikada ishlab chiqarilgan 96 dona Apache jangovar vertolyotlarini sotib olish bo‘yicha kelishuv ham imzolanadi. Ular Polshaning sovet davridagi eskirgan vertolyot parkini almashtirishi kerak, deya aniqlik kiritmoqda AFP agentligi.
May oxirida Polsha AQShdan F-16 uchun raketalar sotib oldi
29 may kuni Polsha rasmiylari AQSh bilan F-16 qiruvchi samolyotlari uchun mo‘ljallangan AGM-158 JASSM «havo-yer» sinfidagi qanotli raketalarini sotib olish bo‘yicha 735 million dollar (taxminan 690 million yevro)lik shartnoma imzoladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap uchish masofasi 1000 km bo‘lgan bir necha yuzta raketa haqida bormoqda. Yetkazib berish 2026 yildan 2030 yilgacha amalga oshiriladi.
2023 yil iyun oyi oxirida AQSh Davlat departamenti Polshaga 15 milliard dollar (13,7 milliard yevro) miqdorida havo va raketaga qarshi mudofaa qo‘mondonlik va boshqarishning integratsiyalashgan tizimini sotishni ma’qulladi.
Polsha Yevropadagi eng kuchli armiyani yaratish niyatida
2023 yil aprel oyida o‘sha paytdagi mudofaa vaziri Mariush Blashchak Polsha «Yevropadagi eng kuchli quruqlikdagi armiya»ni yaratish niyatida ekanini aytdi. «Imkoniyat bo‘lganda, biz Polshada ishlab chiqarilgan zamonaviy jihozlarga buyurtma beryapmiz», - deb xabar qildi Polsha Mudofaa vazirligi.
Shuningdek, vazirlik aniqlik kiritishicha, Polsha modernizatsiya doirasida Amerikaning HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari, 32 ta F-35 qiruvchi samolyotlari, Black Hawk vertolyotlari, 250 ta eng zamonaviy konfiguratsiyadagi Abrams tanklari va yana 116 ta eskirgan versiyalar, 24 ta Bayraktar dronlari va boshqalarni xarid qilmoqda.
Mavzuga oid
21:09 / 04.10.2024
AQShning davlat qarzi ilk bor 35 trln dollardan oshdi
11:00 / 04.10.2024
AQShda ColdRiver hakerlarining 100 dan ortiq domeni bloklandi
08:20 / 04.10.2024
AQSh va Isroil TsAHALning Erondagi ehtimoliy nishonlarini muhokama qilmoqda
16:57 / 03.10.2024