Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij-2024. Futbol, ayollar. AQSh Braziliyani mag‘lub etib, 5 karra Olimpiada chempioniga aylandi
Fransiyada erkaklar o‘rtasidagi futbol bahslaridan keyin bugun, 10 avgustda ayollar o‘rtasidagi futbol turniriga ham yakun yasaldi.
Musobaqa AQSh milliy jamoasining chempionligi bilan yakunlandi. Braziliya va AQSh ayollar jamoalari o‘rtasida o‘tgan finalda Pyu-Svonsonning 57-daqiqada kiritgan yagona goli amerikaliklarga oltin medallarni taqdim etdi.
Shu tariqa, AQSh ayollar jamoasi o‘z tarixida 5 karra Olimpiada chempioniga aylandi. Amerikaliklar Tokio-2020 Olimpiadasida bronza medaliga ega chiqqandi.
Joriy turnirda Braziliya kumush medaliga ega chiqqan bo‘lsa, bronza uchun bahsda Germaniya Ispaniyadan ustun keldi (1:0).
Eslatib o‘tamiz, erkaklar o‘rtasidagi turnir finali Ispaniyaning chempionligi bilan yakunlagan edi.
Parij-2024. Futbol. Ayollar. Final
Braziliya – AQSh 0:1
Gol: 0:1 – 57 Pyu-Svonson.
Braziliya – Lorena, Tais, Tarsiane, Lauren (Rafael, 84), Yasmim, Sampayo (Anjyelina, 61), Yaya (Vitoriya, 50), Adriana, Lyudmila (Marta, 61), Jyeniffer (Prissila, 61), Portilo.
AQSh – Neer, Dann, Devidson (Sonnett, 74), Girma, Foks, Albert, Koffi, Pyu-Svonson (Kryuger, 90+5), Xoran, Rodman, Smit (Uilyams, 84).
Mavzuga oid
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
18:15 / 13.09.2024
O‘zbekiston Paralimpiya harakatining oltin avlodisiz – Shavkat Mirziyoyev
21:04 / 07.09.2024
Xitoy qatorasiga oltinchi marta Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozondi
14:53 / 06.09.2024