Koreyaning yirik banki sentabrdan Qirg‘iziston bilan dollarda SWIFT-o‘tkazmalarni to‘xtatadi
Bunga g‘arb davlatlari tomonidan kiritilayotgan sanksiyalar ro‘yxati va talablarning kengayayotgani sabab bo‘lmoqda.

Foto: Getty Images
Janubiy Koreyaning Kookmin Bank banki Qirg‘iziston banklarini sentabrdan boshlab dollarda SWIFT-o‘tkazmalarini to‘xtatishi haqida ogohlantirdi, deb yozadi iqtisodchi Azamat Akeneev.
Mamlakat Milliy banki mazkur holatga quyidagicha munosabat bildirdi:
«G‘arb davlatlari tomonidan kiritilayotgan sanksiyalar ro‘yxati va talablarining kengayishi munosabati bilan xorijiy banklar Qirg‘iziston Respublikasi tijorat banklari mijozlari tomonidan amalga oshiriladigan transchegaraviy to‘lovlarni tahlil qilish va tekshirishni talab qilmoqda.
Korrespondentlik tarmog‘ini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, shuningdek, o‘z mijozlariga uzluksiz xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida Qirg‘iziston Respublikasi tijorat banklari mamlakat Milliy bankiga taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan kengaytirish va/yoki xorijiy davlatlarning banklari bilan yangi korrespondentlik aloqalarini o‘rnatish ishlarini olib bormoqda.
Shu bilan birga, Qirg‘iziston Respublikasining Milliy banki tijorat banklariga xorijiy davlatlarning banklari bilan yangi korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatish va mavjudlarini saqlab qolishda har tomonlama yordam va ko‘mak ko‘rsatadi».
Kookmin Bank 2014 yil mart oyi oxirlaridagi aktivlarining qiymati bo‘yicha Janubiy Koreyadagi eng yirik banklar to‘rtligiga kiradi. U Koreyada eng yirik bank va 2017 yil holatiga ko‘ra, kattaligi bo‘yicha dunyoda 60-o‘rinda turadi.
Qirg‘iziston dunyoning 16 davlatidagi banklar bilan korrespondentlik aloqalarini o‘rnatgan:
- Germaniya — 41,5 milliard qirg‘iz so‘mi;
- Janubiy Koreya — 14,5 milliard qirg‘iz so‘mi;
- Rossiya Federatsiyasi — 8,1 milliard qirg‘iz so‘mi;
- Xitoy — 5,8 milliard qirg‘iz so‘mi;
- Qozog‘iston Respublikasi — 3,8 milliard qirg‘iz so‘m;
- Turkiya — 1,8 milliard qirg‘iz so‘mi;
- Boshqa davlatlar — 5,2 milliard so‘m.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi
Jahon | 10:47
-
4 ta shaharda joylashgan 1034 ta ko‘p qavatli uy rekonstruksiya qilinadi
O‘zbekiston | 10:43
-
Rossiya Mudofaa vazirligi bir haftada 13 ta aholi punkti nazoratga olinganini ma’lum qildi
Jahon | 10:41
-
Kimyo muhandisligi talabalari uchun xorijda o‘qish, haq to‘lanadigan amaliyot va kontrakt to‘lovlarini qoplash imkoniyati yaratildi
O‘zbekiston | 10:30
Mavzuga oid

07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi

20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

20:07 / 20.05.2025