Putin hukmronligi «Kursk» bilan boshlangan edi, Kursk bilan tugaydi – Zelenskiy
Ukraina rahbari Rossiya prezidenti hukmronligining «boshlanishi va yakunlanishini» 24 yil oldin yuz bergan «Kursk» atom suvosti kemasi halokati va hozir yuz berayotgan Kursk oblastidagi harbiy harakatlar bilan bog‘ladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy an’anaviy kechki videomurojaatida Qurolli kuchlarining Kursk oblastidagi amaliyoti haqida gapirdi. Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukmronligining «boshlanishi va yakunlanishi»ni 24 yil oldin yuz bergan «Kursk» atom suvosti kemasi halokati va hozir yuz berayotgan Kursk viloyatidagi harbiy harakatlar bilan bog‘ladi.
«Biz haqiqatan ham Rossiya Putin davrida qanday harakat qilayotganini ko‘ryapmiz: 24 yil oldin «Kursk» falokati yuz berdi — bu uning hukmronligining ramziy boshlanishi edi. Endi uning uchun final nima ekani aniq. Bu ham Kursk. U boshlagan urushning falokati. Bu holat odamlarni va har qanday qoidalarni mensimaydiganlar bilan doim sodir bo‘ladi. Rossiya boshqalarga urush olib keldi, endi urush uning uyiga qaytadi. Ukraina har doim faqat tinchlikni xohlaydi va biz tinchlikni albatta ta’minlaymiz», dedi Zelenskiy.
Zelenskiy, shuningdek, 12 avgust kuni Ukraina Oliy bosh qo‘mondonligi shtab-kvartirasining yig‘ilishida Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiyning hisobotini, jumladan, Kursk oblastidagi operatsiya bo‘yicha hisobotini eshitganini aytdi.
Generalga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari u yerda Rossiya hududining ming kvadrat kilometrga yaqinini nazorat qilmoqda.
«Bular, xususan, Rossiya armiyasi bizning Sumi viloyatimizga hujum qilgan hududlardir. Bugungacha, 1 iyundan beri ular Sumi viloyati hududiga deyarli 2100 marta zarba berdi. Shuning uchun operatsiyalarimiz Ukraina uchun xavfsizlik masalasi – chegara hududini rus harbiylaridan ozod qilish. Men barcha askarlarimiz, serjantlar va ofitserlarimizga jasorat va harakatlar samaradorligi uchun minnatdorlik bildiraman», dedi Zelenskiy.
Ukraina qurolli kuchlari 6 avgustdan buyon Kursk oblastida hujum uyushtirmoqda. Dastlabki kunlarda Ukraina armiyasi bir nechta aholi punktlarini egallab oldi, shundan so‘ng Ukraina Qurolli kuchlarining oldinga siljishi sekinlashdi.
Kursk oblasti rahbari Aleksey Smirnov 12 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi 28 ta aholi punktini nazorat qilayotganini aytdi. Shu bilan birga, Ukrainaning OSINT-DeepState loyihasi Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastidagi 44 ga yaqin aholi punktini nazorat ostiga olganini da’vo qilmoqda.
«Kursk» atom suvosti kemasi Vladimir Putinning birinchi prezidentlik muddati boshlanishida, 2000 yil 12 avgustda Barens dengizida halokatga uchragandi. Oqibatda bortdagi barcha 118 dengizchi halok bo‘ladi. Bu o‘lganlar soni bo‘yicha sobiq Sovet va Rossiya suv osti flotining urushdan keyingi tarixidagi eng katta fojia edi.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
-
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin
Jahon | 17:22
-
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid
14:53
«Ertaga televizorni tomosha qilish qiziq bo‘ladi». Tramp inauguratsiyasi arafasida chiqish qildi
12:10
CNN: Tramp yordamchilariga Putinga qo‘ng‘iroqni tashkillashtirish haqida buyruq berdi
09:54 / 19.01.2025
Rossiya armiyasi ballistik raketalar bilan Kiyevga zarba berdi - fotolar
21:29 / 18.01.2025