Xitoy o‘z kemasining Boltiq dengizidagi gaz quvuriga shikast yetkazganini tan oldi
Finlandiya va Estoniyani bog‘laydigan Balticconnector dengiz osti quvurida 2023 yil 8 oktyabrga o‘tar kechasi gaz sizib chiqib, quvur ishi to‘xtab qolgan edi.
Xitoy hukumati Hongkong bayrog‘i ostidagi «New New Polar Bear» yuk kemasi Boltiq dengizidagi Balticconnector gaz quvuriga tasodifan zarar yetkazganini tan oldi. Bu haqda xitoyliklar Finlandiya va Estoniya rasmiylariga xabar bergan, deb yozdi South China Morning Post (SCMP) o‘z manbalariga tayanib.
Qayd etilishicha, Xitoy yaqinda o‘z tekshiruvini o‘tkazgan va natijalarini Yevropa davlatlari hukumatlariga ma’lum qilgan. Xitoy rasmiylarining ta’kidlashicha, kema 2023 yil oktyabr oyida kuchli bo‘ron tufayli gaz quvuriga zarar yetkazgan. Jumladan, kema langarini dengiz tubi bo‘ylab sudrab, gaz quvurini shikastlagan. Avvalroq, Finlandiya politsiyasi shikastlangan gaz quvuri o‘rnida ikki metrli langar topilgani haqida xabar bergan edi.
Finlandiya va Estoniya rasmiylari voqea yuzasidan tergovni davom ettirayotganini va Xitoyga huquqiy yordam so‘rovini yuborganini bildirgan. SCMP xabariga ko‘ra, yevropaliklar Xitoy rasmiylari bayonotidan tergov ishida dalil sifatida foydalanmoqchi emas. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi nashrning izoh so‘roviga javob bermagan.
Finlandiya va Estoniyani bog‘laydigan Balticconnector dengiz osti quvurida 2023 yil 8 oktyabrga o‘tar kechasi gaz sizib chiqib, quvur ishi to‘xtab qolgan edi. Boltiq dengizi tubi bo‘ylab Shvetsiya va Estoniya o‘rtasidagi telekommunikatsiya kabeli ham shikastlangan. Rasmiylar quvur va kabel qasddan shikastlangan deb taxmin qilishdi. Tergovchilarning aniqlashicha, hodisa yuz bergan vaqtda ushbu hududdan «New New Polar Bear» kemasidan tashqari Rossiyaning «Sevmorput» atom konteyner kemasi ham suzib o‘tgan.
Tavsiya etamiz
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
“Oxirgi so‘zni Oliy sud aytadi” - tahlilchilar Trampning antimigratsiya choralari haqida
Jahon | 16:10 / 22.01.2025
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
“O‘zbekistonda 2,5 mlndan ortiq aholi nos iste’mol qiladi, ular orasida bolalar ham bor” - ekspertlar
O‘zbekiston | 17:00
-
AQSh Kongressi noqonuniy migrantlarni hibsga olishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi
Jahon | 16:58
-
Samsung o‘zining eng yupqa smartfonini taqdim etdi
Fan-texnika | 16:38
Mavzuga oid
19:09 / 22.01.2025
Xitoyda uchishga va suv ostida suzishga qodir dron yaratildi
13:10 / 22.01.2025
Janubiy Koreyada 9 yildan so‘ng birinchi marta tug‘ilish darajasi o‘sdi
11:15 / 22.01.2025
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
20:24 / 21.01.2025