Minglab odamlar megazilzila xavfi tufayli Yaponiyaga safarini bekor qildi
Ko‘plab odamlar mehmonxonalarda band qilingan xonalardan voz kechgan, bu esa eng gavjum mavsumlardan birida biznesga katta zarba bergani ta’kidlanmoqda.
Yaponiyada misli ko‘rilmagan megazilzila tahdidi yuqori deb belgilangan hududlarda turizm sohasi katta zarar ko‘rmoqda. Bu haqda Al Arabiya yozdi.
Qayd qilinishicha, minglab odamlar mehmonxonalarda band qilingan xonalardan voz kechgan, bu esa eng gavjum mavsumlardan birida biznesga katta zarba bergan.
O‘tgan hafta Yaponiya ob-havo agentligi janubda sodir bo‘lgan 7,1 magnitudali zilziladan so‘ng, kamida 15 kishi jarohatlangani, shu bilan birga, kuchli zilzila ehtimoli ortgani haqida xabar bergan edi.
Bu ogohlantirish yerning qattiq silkinishi yaqinligini anglatmaydi, lekin hozir bunday hodisa xavfi yuqori, dedi rasmiylar.
Ogohlantirish «Nankay botig‘i» deb ataladigan 800 kilometrlik dengiz osti hududini qamrab oladi. U Tokiodan g‘arbdagi Sidzuokadan Kyusyu oroli janubigacha cho‘zilgan.
Mahalliy mehmonxona kasaba uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p zarar ko‘rishi kutilayotgan mintaqalardan biri g‘arbiy Kochida o‘tgan hafta ogohlantirish e’lon qilinganidan beri kamida 9,400 kishi band qilingan mehmonxonalardan voz kechgan. Qayd qilinishicha, 9 - 18 avgust kunlarini o‘z ichiga olgan bekor qilishlar 140 million iyen (948 ming dollar) daromad yo‘qotilishiga olib keladi.
Ogohlantirish Yaponiyada har yili o‘tkaziladigan Obon bayramiga to‘g‘ri keldi. Unda ko‘plab yaponiyaliklar o‘z ona shaharlariga borib, ajdodlariga hurmat bajo ko‘rsatadi. Bu turizm sanoati uchun gavjum mavsum hisoblanadi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, agar seysmik faollikda anomaliyalar aniqlanmasa, megazilzila ogohlantirishi shu hafta oxirida bekor qilinadi.
Mavzuga oid
21:22 / 12.09.2024
Toyota Prius yoqilg‘i sarfi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
11:35 / 11.09.2024
Yaponiyalik erkak rafiqasiga kuniga 100 marta qo‘ng‘iroq qilgani uchun hibsga olindi
00:04 / 05.09.2024
Belarus tarixida ilk bor yapon josusi qo‘lga olindi
21:34 / 31.08.2024