Qirol Charlz III banknotalari nominal qiymatidan 11 barobar qimmatga sotilmoqda
Britaniya qiroli Charlz III tasviri tushirilgan yangi banknotalar xayriya auksonlari doirasida o‘z qiymatidan 11 barobar ko‘proq mablag‘ to‘pladi, deb xabar beradi BBC.

Foto: BBC
Iyun oyida qirol Charlz III ning tasviri tushirilgan 5, 10, 20 va 50 funt sterling banknotalari muomalaga chiqarilgan edi. Auksionga qo‘yilgan banknotalar jamlanmasining har biri 000001 bilan tugaydigan seriya raqamlarga ega bo‘ldi — boshqa raqamli yuzlab banknotalar ham savdoda o‘z egalarini topdi. Birgina HB01 000002 seriya raqamli 10 funt sterlingli banknota savdolar davomida 17 ming funtga sotildi.
Boshqa bir lotda 50 funtli 40 ta kupyura jamlanmasi (2 ming yevro) esa 26 ming funtga sotildi — bu Angliya banki tomonidan o‘tkazilgan auksionlardagi rekord natijadir.
Londondagi Spink auksion uyi tomonidan tashkil etilgan to‘rtta savdo davomida jami 914 ming 127 funt sterling foyda ko‘rildi. Kolleksionerlar seriya raqamlari 000001 ga maksimal darajada yaqin banknotalarni qidirmoqda, shu boisdan ham to‘lanayotgan pullar qiymati yuqori.
Iyun oyida banknotalar muomalaga kiritilganida, Pochta bo‘linmasi kolleksionerlar erta tongdan tashrif buyura boshlaganini ma’lum qilgandi. Banknotalarda imzosi turgan Angliya bankining bosh kassiri Sara Jon bu qadar «hayratlanarli» mablag‘ yig‘ilganidan xursand ekanini ma’lum qildi.
To‘plangan mablag‘lar bank tomonidan tanlangan 10 ta xayriya tashkiloti o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Ta’kidlash kerakki, bu Angliya banki banknotalaridagi monarxning birinchi marta almashishi hisoblanadi, chunki qirolicha Yelizaveta III 1960 yildan beri banknotalarda muntazam tasvirlanib kelayotgan birinchi monarx edi. Shotlandiya banknotalarida esa monarx tasvirlanmagan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi

22:07 / 14.02.2025
Damashqqa milliardlab Suriya funti ortilgan samolyot uchib keldi

11:05 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?

22:34 / 04.11.2024