Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 iyuldan beri G‘azodagi maktablarga 20 dan ortiq hujum uyushtirildi
O‘tgan 10 oy ichida G‘azodagi maktablarning yarmidan ko‘pi to‘g‘ridan to‘g‘ri hujumga uchragan.
Foto: Anadolu Agency
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) 4 iyuldan buyon Isroilning G‘azo sektoridagi falastinliklarga boshpana bergan 21 maktabga uyushtirgan hujumlarida 274 kishi halok bo‘lganini bildirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ishlari agentligi Isroilning G‘azodagi ko‘chirilgan falastinliklar boshpana topgan maktablarga uyushtirgan hujumlari haqida bayonot berdi.
Bu ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 10 oy ichida G‘azodagi maktablarning yarmidan ko‘pi bevosita hujumga uchragan.
4 iyuldan beri G‘azoda maktablarga 20 dan ortiq hujum uyushtirildi, natijada 274 falastinlik halok bo‘ldi.
Bayonotda G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligi ta’kidlandi.
7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azodagi hujumlari natijasida 39 929 falastinlik, jumladan 16 314 bola va 10 980 ayol halok bo‘ldi, 92 240 nafari yaralandi.
Mavzuga oid
08:07 / 04.10.2025
HAMAS G‘azodagi barcha garovga olinganlarni ozod etishga tayyorligini ma’lum qildi
10:14 / 05.03.2025
Arab sammiti Misrning G‘azo sektori bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatladi
12:12 / 04.03.2025
Isroil: G‘azoda bir necha oyga yetadigan oziq-ovqat bor
21:41 / 18.02.2025