Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kashmirdagi yangi temiryo‘l ko‘prigi Hindistondagi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin
Hind temiryo‘llariga Jammu shtatidagi Chenab daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik qurilishini yakunlashga 20 yil kerak bo‘ldi.
Foto: Afcons
Dunyodagi eng baland bir arkali temiryo‘l ko‘prigi birinchi marta Kashmirni mamlakatning qolgan qismi bilan temiryo‘l orqali bog‘laydi. Hind temiryo‘llariga Jammu shtatidagi Chenab daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik qurilishini yakunlashga 20 yil kerak bo‘ldi.
Eyfel minorasidan 35 metr balandroqda joylashgan ko‘prik o‘ziga xos infratuzilma loyihasi bo‘lib, tez orada Bakkal va Kauri tumanlari o‘rtasida birinchi poyezd harakatlanishi kerak. 272-kilometrli temiryo‘l Jammu orqali o‘tib, oxir-oqibat Kashmir vodiysiga yetib boradi. Shu paytgacha Kashmir bilan temir yo‘l aloqalari qish kunlarida qor bo‘ronlari sabab tez-tez uzilib qolardi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, yangi temiryo‘l tarmog‘i Hindistonga notinch chegara mintaqasida strategik ustunlikni beradi. Kashmirning Himolay hududidan o‘tgan qismi uzoq yillardan beri Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaroli hudud bo‘lib kelmoqda. Yadroviy qurolga ega qo‘shnilar 1947 yilda mustaqilikka erishganidan beri ikki marotaba urushgan. Ikkalasi ham butun Kashmirga da’vo qiladi, ammo uning ayrim qismgina nazorat ostida.
«Temiryo‘l ko‘prigi butun yil davomida chegara hududiga harbiylar va texnikalarni tashish imkonini beradi» — deydi ko‘prikni qurgan Afcons Infrastructure pudratchisi direktori o‘rinbosari Giridxar Radjagopalan.
Bu Hindistonga o‘zining «g‘arbiy va shimoliy chegaralarida Pokiston hamda Xitoy tomonidan amalga oshiriladigan har qanday harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha strategik maqsadiga erishishga yordam beradi», — deydi strategik masalalar bo‘yicha mutaxassis Shruti Pandalay.
Temiryo‘l tarmog‘i keng ko‘lamli infratuzilmaviy islohotning bir qismi hisoblanadi — uning doirasida avtomagistrallar, temiryo‘l va elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha 50 dan ortiq loyiha mavjud. Bosh vazir Narendra Modi hukumati Jammu va Kashmirni maxsus maqomdan mahrum qilib, 2019 yilda shtatni ikkita federal boshqariladigan hududga ajratgan.
Chenab ko‘prigining qurilishi 2003 yilda ma’qullangan, ammo hudud relefining murakkabligi, xavfsizlik muammolari va sud mojarolari tufayli cho‘zilib ketdi.
Mavzuga oid
20:57 / 03.01.2026
O‘zbekiston va Pokiston huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni kengaytiradi
01:00 / 21.12.2025
Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi yana 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
10:55 / 13.12.2025
Karachida hibsdagi o‘zbekistonlik: elchixona ishni nazoratga oldi
20:41 / 06.12.2025