Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Tu-22M strategik bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi
Halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgani, ekipaj tirik qolgani ta’kidlanmoqda.
Rossiyaning Irkutsk viloyatida Tu-22M strategik bombardimonchi samolyoti halokatga uchradi.
Qayd etilishicha, bombardimonchi samolyot Irkutsk viloyatining Usolskiy tumanidagi Belaya aviabazasi aerodromidan havoga ko‘tarilgan. So‘ngra, Cheremxovo tumanida yerga qulagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot havoda yonib ketgan.
Mahalliy matbuotning xabar berishicha, samolyot ekipaji katapulta qilishga ulgurgan. Ular 4 nafar bo‘lgani va tirik qolgani aytilmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi rejali parvozni amalga oshirayotgan samolyot halokatga uchraganini va «ekipaj tirik» ekanini tasdiqladi. Tu-22M texnik nosozlik tufayli qulab tushgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
08:46 / 24.03.2026
Kolumbiyada harbiy samolyot quladi
08:45 / 24.12.2025