Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida noma’lum shaxs MMTB bo‘limi boshlig‘i xonasiga 5 ming dollar tashlab ketdi
Holat bo‘yicha zudlik bilan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshqarma boshlig‘i va boshqa mas’ul xodimlar guvohligida dalolatnoma rasmiylashtirilgan hamda xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilgan.
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘ining xizmat xonasida noma’lum shaxs tomonidan qoldirib ketilgan fayl papka ichidan 5 ming dollar chiqdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 16 avgust kuni sodir bo‘lgan. Bo‘lim boshlig‘ining xizmat xonasida qoldirib ketilgan papka xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning ichida 5000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘i borligi aniqlangan.
Holat bo‘yicha zudlik bilan viloyat boshqarma boshlig‘i va boshqa mas’ul xodimlar guvohligida dalolatnoma rasmiylashtirilgan hamda xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilgan.
«Mavjud vaziyat Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning shaxsan nazoratiga olindi hamda holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rnatilgan tartibda xabardor qilindi. Ayni vaqtda zarur surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Nazokat Urazova halolligi uchun vazirning tegishli buyrug‘i asosida lavozim maoshining 3 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirilgan.
Mavzuga oid
16:47
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026