Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlarga o‘z oilasini olib kelishni taqiqlovchi qonun loyihasi tayyorlandi
Tashabbus mualliflari fikricha, migrantlarning oilalari mahalliy aholi uchun «juda ko‘p muammolarni» keltirib chiqarmoqda.
Rossiyaning LDPR partiyasi yetakchisi Leonid Slutskiy boshchiligidagi bir guruh deputatlar Davlat Dumasiga mehnat migrantlarining o‘z oilasini Rossiyaga olib kelish huquqini cheklovchi qonun loyihasini kiritadi. Bu haqda RIA Novosti yozdi.
«Qonun loyihasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Rossiyada vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarosining oila a’zosining Rossiya hududiga kirishini taqiqlash taklif etiladi», deyiladi tushuntirish xatida.
Qonun loyihasi mualliflari ta’kidlaganidek, gap Rossiyada faqat mehnat shartnomasi yoki patent asosida qoladigan va mamlakatda yashash uchun boshqa qonuniy asoslarga ega bo‘lmagan migrantlar haqida bormoqda. Yuqori malakali xorijiy ishchilarning oila a’zolari uchun istisnolar qo‘llanadi.
«Mehnat migrantlarining oilasi ularni uyda kutishi kerak. Rossiyaga kelganda, ish bilan band bo‘lgan chet elliklarning qarindoshlari ixcham anklavlarda yashaydi, o‘z tilida gaplashadi va mahalliy aholini mensimaydi. Ko‘pincha bunday migrant kvartiralari uy-joy kommunal xizmatlari uchun to‘lanmagan va katta qarzlar to‘plangan holatlar mavjud. Bu muammolarning barchasini bartaraf etish va malakasiz xorijliklarning mehnat faoliyati davomida oilasini olib kelishini taqiqlash kerak. Keldi, ishladi va uyga ketdi. Boshqa hech qanday gap bo‘lmasligi kerak», dedi Slutskiy.
LDPR deputatlarining fikricha, hozir migrantlarning farzandlari va ishlamaydigan turmush o‘rtog‘i ular bilan Rossiyaga bemalol ko‘chib o‘tishi tendensiyasi kuzatilmoqda, bu esa nazoratsiz migratsiya oqimi va ijtimoiy keskinlikni keltirib chiqarmoqda.
Qonun loyihasida mehnat migranti uchun mehnat shartnomasi yoki patentning mavjudligi oila a’zolarining u bilan birga Rossiyaga ko‘chib o‘tishi uchun asos bo‘lmasligini nazarda tutadi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
10:25 / 12.06.2026
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026