Lukashenko MDH davlatlarini Rossiyaga nisbatan xudbinlikda aybladi
Belarus rahbarining aytishicha, ayrim davlatlar Rossiyadan faqat nimadir olmoqchi, lekin bermayapti.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ba’zi possovet davlatlari Rossiyadan hech narsa taklif qilmasdan foyda olishga intilayotgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda u «Rossiya» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlaridan «Gazeta.ru» iqtiboslar keltirdi.
«Rossiya va men aslida bir qayiqdamiz. Agar u ag‘darilsa, biz birga cho‘kib ketamiz. Ittifoqchilik munosabatlarimizni yashirishning hojati yo‘q. Biz o‘zimizni ba’zi davlatlar kabi tutmaymiz, ular Rossiyadan faqat olmoqchi, hech narsa bermoqchi emas», dedi Lukashenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu holat davom eta olmaydi.
«Qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladigan vaqt uzoq emas. Inqiroz yuz bergan taqdirda, xuddi Qozog‘istonda bo‘lgani kabi, hamma Putinga yordam so‘rab murojaat qiladi. Biz esa (KXShT) tezda javob qaytardik, u yerga kuch yubordik va tartibsizliklarni tinchitdik», dedi u.
U favqulodda vaziyatlarda MDH davlatlari yana Rossiya va Belarusdan yordam so‘rab murojaat qilishiga ishonch bildirdi. Prezident possovet hududida iqtisodiy aloqalarni saqlab qolish muhimligini ham ta’kidladi.
«Amerikada yoki Yevropa Ittifoqida Qozog‘iston yoki O‘zbekiston tovarlarini kim kutmoqda? Yo‘q, ular Rossiyaga sotishga intiladi. Bizda umumiy bozor bor va uni yo‘qotish maqsadga muvofiq emas», deb qo‘shimcha qildi Lukashenko.
Bundan tashqari, u Armanistondagi vaziyatga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat MDH davlatlaridan boshqa «hech kimga kerak emas».
«Iqtisodiyotini rivojlantirib, resurslariga e’tibor qaratishsin. Fransiya yoki Makron? Ertaga u ketadi, shunda hamma Armanistonni unutadi», deb xulosa qildi u.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
15:20 / 18.01.2025
Lukashenko 23 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
09:21 / 18.01.2025
YeXHT Belarusdagi saylovlarni kuzatishdan bosh tortdi
10:52 / 16.01.2025
Belaruslik inson huquqlari faollari AQShdan Ales Belyatskiyni qutqarishni so‘ramoqda
08:32 / 08.01.2025