Hindistonning eng qaşşoq ştati Biharda yaşovçi Nibha Kumari 15 yoşida velosiped uning hayotini qanday özgartirgani haqida BBC’ga hikoya qilib berdi.
Ikki yil davomida u haftasiga olti kun, kuniga ikki soatdan velosipedda maktabga qatnagan. Nibha ştat hukumati bergan velosipeddan foydalangan.
“Velosipedim bölmaganda, örta maktabni tugatişim dargumon edi. Bu mening hayotimni özgartirdi”, — deydi hozir 27 yoşga kirgan ayol.
Begusaray tumanidagi fermerning qizi Nibha eng yaqin boşlanğiç maktabda öqiş uçun 10 kilometr uzoqlikdagi xolasinikida yaşaşga yuborilgan. Qizlar uçun yölda yuriş qiyin, jamoat transportiga işonib bölmasdi.
Nibha yuqori maktabda öqişni davom ettiriş uçun uyiga qaytganida, velosipeddan foydalanişni boşladi va notekis qişloq yöllaridan maktabga qatnadi.
“Velosipedda maktab va murabbiylik maşğulotlariga qatnaşni boşlaganidan keyin qizlarga işonç oşdi. Hozir köpçilik qizlar maktabga boryapti. Ularning aksariyatida bepul velosiped bor”, — deydi Begusaraydagi tibbiyot xodimi Bhuvaneşvari Kumari.

Foto: Getty Images
ScienceDirect jurnalida çop etilgan tadqiqotda Hindistondagi qişloq joylarida maktabga qatnaydigan bolalar va velosiped haydaş haqida qiziq faktlar berilgan.
Srişti Agraval, Adit Set va Rahul Goel tomonidan ötkazilgan tadqiqot şuni körsatdiki, Hindistonda velosiped haydaş eng köp qişloq qizlari orasida ommalaşgan: bu körsatkiç ikki baravardan köproqqa oşgan: 2007 yilgi 4,5 foizdan 2017 yilda 11 foizgaça. Bundan körinib turibdiki, velosiped haydaş mamlakatda gender tafovutini qisqartirişga xizmat qilmoqda.
“Bu şovqinsiz inqilob. Buni inqilob deb ataşimizga sabab şuki, ayollarning uydan taşqariga çiqişi, xususan, velosiped haydaşi jihatdan gender tengsizligi yuqori bölgan mamlakatda qizlar örtasida velosipedda yuriş darajasi oşdi”, — deydi Agraval xonim.









