Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada yangi hukumat tuzishga urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi
Parlament saylovlarida g‘alaba qozongan o‘ng «Yangi Flamand alyansi» partiyasi rahbari Bart De Vever yangi hukumatni shakllantirish doirasida muzokaralar olib borish uchun mandatini qaytardi.
Belgiyada hukumat tuzish bo‘yicha birinchi urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Mamlakatdagi parlament saylovlarida g‘alaba qozongan o‘ng «Yangi Flamand alyansi» (N-VA) partiyasi rahbari Bart De Vever yangi hukumatni shakllantirish doirasida muzokaralar olib borish uchun mandatini qaytardi, deb xabar bermoqda Reuters payshanba, 22 avgust kuni. Belgiya qiroli Filipp siyosatchining iste’fosini qabul qildi.
Qayd etilishicha, De Vever fransuz tilidagi liberal «Islohotlik harakati» (MR), "Xristian demokratlar va flamandlar" (CD&V), Vooruit Flamand sotsialistik partiyasi hamda Les Engagés fransuz tilidagi markazchi partiyasi bilan koalitsiya tuzish niyatida bo‘lgan. Muzokaralar De Vever tomonidan taklif etilgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, jumladan, pensiya va soliq tizimlariga o‘zgartirishlar, shuningdek, davlat xarajatlarini qisqartirish atrofida bo‘ldi.
Muzokaralar davom etar ekan, iyun oyidagi saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan "Ochiq flamand liberallari va demokratlari" (Open VLD) partiyasi vakili Belgiya bosh vaziri Aleksandr De Kroo hukumati o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi. 2019 yilgi saylovlardan keyin hukumat faqat 493 kundan keyin tuzilgandi. Belgiyada yangi hukumat shakllantirishdagi tanaffus bo‘yicha rekord 541 kunni tashkil etadi.
Belgiyada parlament saylovlari
Belgiyada niderland tilida so‘zlashuvchi partiyalar Flandriyada, fransuz tilida so‘zlashuvchi siyosiy kuchlar esa Valloniyada vakillik qiladi. 2024 yilgi parlament saylovlarida mamlakatning niderland tilida so‘zlashuvchi qismida birinchi o‘rinni Antverpen burgomistri Bart De Veverning mo‘’tadil o‘ng «Yangi Flamand alyansi» partiyasi, fransuz tilida so‘zlashuvchi qismida esa liberal «Islohotlik harakati» egalladi.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
08:55 / 01.07.2026
Rossiya va Euroclear o‘rtasidagi nizo Belgiya sudigacha yetib bordi
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
17:16 / 26.05.2026