Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda Salimboyvachchani moliyalashtirishda gumon qilinayotgan sobiq deputat qidiruvga berildi
Nurg‘ozi Aydarov Salim Abduvaliyevga har tomonlama «hurmat-ehtirom ko‘rsatgani» aytilmoqda.
Qirg‘izistonda uyushgan jinoiy guruhlarni moliyalashtirish bo‘yicha olib borilayotgan tergov doirasida Jogorku Keneshning (parlament) sobiq deputati Nurg‘ozi Aydarov qidiruvga berildi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, Kaktus.media xabar berdi.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Aydarov tomonidan xalqaro uyushgan jinoiy guruh a’zolari hamda Salimboyvachcha nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Salim Abduvaliyev faoliyatini moliyalashtirish faktlari aniqlangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Nurg‘ozi Aydarov Abduvaliyevning noqonuniy faoliyati va kriminal avtoritet Qamchibek Qo‘lboyev bilan yaqin aloqalari haqida bilgan holda, O‘zbekistonda bo‘lgan vaqtida unga har tomonlama «hurmat-ehtirom ko‘rsatgan». O‘z navbatida ular Aydarovning Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududida amalga oshirgan tadbirkorlik va boshqa faoliyatiga «homiylik qilgan».
Bishkek shahrining Oktyabr tumani sudi qarori bilan Aydarovga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi, u ham jinoiy javobgarlikka tortish uchun davlatlararo va Interpol orqali qidiruvga berildi.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026