Dnestrböyidagi «Tiraspoltransgaz» kompaniyasi ma’lumotiga köra, yangi yilning birinçi kunida qariyb 75 ming uy xöjaligi gazsiz qolgan. Yana 116 ming iste’molçi gazni qisqartirilgan hajmlarda oladi. Gap asosan köp qavatli uylar aholisi haqida bormoqda.

Dnestrböyidagi jami aholi soni 450 ming kişi atrofida.

Şuningdek, Dnestrböyi bilan tutaşgan, ammo rasmiy Kişinyov nazorati ostidagi «xavfsizlik zonasi» deb ataladigan hududda joylaşgan 11 ta aholi yaşaş manzili ham gaz va issiqlik ta’minotisiz qolgan.

BBC rus xizmatining Tiraspoldagi suhbatdoşi (Dnestrböyi markazi) Marina 2 yanvar kuni şahardagi ayrim dökonlar oçilgani va odamlar adyol va boşqa yopinçiqlarni yoppasiga sotib olayotganini aytgan.

Şuningdek, uning sözlariga köra, tayyor oziq-ovqat mahsulotlariga talab yuqori: peçene, pryanik, buloçka mahsulotlari, pişloq va şu kabilar.

Marina bir keçada non narxlari sezilarli darajada ösgani, payşanba tongiga kelib tanlov juda kam qolganini ham qöşimça qilgan.

Uning sözlarini mahalliy naşrlar xabarlari ham tasdiqlaydi: eng ommabop baton bir kunda 45 kopeykaga qimmatlagan va endi uning narxi 5 rupiya 45 kopeykani taşkil etmoqda (Dnestrböyi Moldovaning rasmiy valutasidan farqli bölgan öz valutasidan foydalanadi).

Tiraspoldagi non dökoni (arxiv foto)

Dnestrböyida yuzlab korxonalar yopilgan va minglab kişilar işsiz qolgan. Ular bilan mehnat şartnomalari öz kuçida qolmoqda, ammo işçilarga majburan işsiz qolgani uçun kompensatsiya qanday tölanişi hozirça aniq emas.

«Inqiroz şu qadar oğir xarakterdaki, qaysi korxonalar işdan töxtaganini alohida sanab çiqişga hojat yöq. Barça sanoat korxonalari işlamay turibdi, faqat Dnestrböyining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlovçi oziq-ovqat korxonalari bundan mustasno. Boşqa korxonalarga, sanoat sektori uçun energetika resurslari yöq», — degan payşanba kuni tan olinmagan Dnestrböyi Moldova respublikasi iqtisodiy taraqqiyot vaziri Sergey Obolonik.

Mahalliy rasmiylarga köra, hududdagi 150 ta bolalar boğçasi va 130 ta maktab issiqlik ta’minotisiz qolgan, bu esa uşbu muassasalarda tahsil oluvçi bolalar yangi yil ta’tillaridan qaytişini savol ostida qoldiradi.