Keyingi 5 yilda uy-joy va bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash hamda binolarning energiya samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi:
- ushbu sohada yagona davlat siyosatini yuritish;
- ilg‘or xorijiy tajribalar asosida strategik takliflarni ishlab chiqish;
- issiqlik ta’minoti korxonalari faoliyatini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tashkilot tuzish.
Shuningdek, eskirgan 103 ta qozonxona va 1,6 ming kilometr issiqlik tarmog‘ini yangilash, 9 ta shahar va tumanda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya loyihalarini amalga oshirish, markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovini 37 foizdan 58 foizgacha yetkazish, tizimdagi yo‘qotishlarni 38 foizdan 20 foizgacha qisqartirish va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.
2025-2030 yillarda ko‘p kvartirali uy-joylar, ijtimoiy soha hamda davlat muassasalarini markazlashgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:
- Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning yig‘ma parametrlari;
- Davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati;
- Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladigan yangi istiqbolli loyihalar ro‘yxati.











