“Bir kunda umumiy tarmoqlarimizdan 30 million sömlik elektr olyapmiz. Bu bir oyda 900 million böladi. Mening hisobim böyiça bu daromadli biznes” – Özbekiston şaroitida quyoş panellaridan foydalanayotgan tadbirkorlar uni nafaqat muntazam elektrdan foydalaniş, balki daromadli biznes sifatida talqin qilişmoqda.

Özbekiston — quyoş energiyasi salohiyati yuqori davlatlardan biri. Yiliga 300 kun davomida quyoshli ob-havo kuzatilişi mamlakatda tadbirkorlarga quyoş panellaridan foyda köriş imkoniyatini yaratadi. Şunday tadbirkorlar öz tajribalarini gapirib berişdi.

Özbekistonda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantirişga e’tibor qaratib, soliq imtiyozlari va subsidiya kabi rağbatlantiriş tizimi asosida 2023 yil 1 apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi işga tuşirilib, uning doirasida xonadonlarga örnatilgan quyoş panellari işlab çiqargan har bir kilovatt-soat elektr energiya uçun 1000 sömdan subsidiya ajratilmoqda. 2024 yilning özida 10 826 nafar jismoniy şaxs uşbu dasturdan foydalanib, 12 milliard 182 million söm subsidiya olgan. 

Komil Islomov, tadbirkor:

Oyiga 900 million sömlik elektr sotyapmiz

“Ötgan yil boşlarida bizga quyoş panellari örnatiş taklifi berildi. Bir oyda tarmoğimiz böyiça davlatdan taxminan 1 mlrd sömlik elektr olamiz. Şu summani davlatga yönaltirganimizda taxminan 10 yilda özini qoplaydigan böldi va birinçi bosqiçni boşladik. Örnatgan panellarimiz 9 megavattlik. Yoz va qiş fasllarini örtaça oladigan bölsak, bir kunda örçata 36 megavatt elektr işlab çiqadi. Örnatgan paytimizda tokning narxi 450 söm edi. Hozir 900 sömga çiqdi. Özini qoplaş masalasi hozir ilk taxmin qilganimizdan 2-2,5 baravarga kamaydi. Elektr narxi 2 baravar oşdi, quyoş panellari narxi 2,5-3 baravarga arzonlaşdi. Ya’ni 9 megavattli panellarimiz 10 yil emas, 4 yilda özini qoplayapti.

Bir kunda umumiy tarmoqlarimizdan 30 million sömlik elektr olyapmiz. Bu bir oyda 900 million böladi. Mening hisobim böyiça bu daromadli biznes. Birinçi partiyani qöydim va bizga ma’qul bölgani uçun yana örnatişni reja qilyapmiz. Keyingi bosqiçda 15 megavattlik panellar olib kelamiz, unga qöşimça taxminan 10 megavatt akkumulyator ham olib kelmoqçimiz. Maqsadimiz, kunduzi elektr ortib qolsa, uni akkumulyatorga yiğib qoliş, talab köp paytda akkumulyatordagi elektrni sotiş. Bu bizga qöşimça daromad böladi”.