Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyaning mashhur dizayn instituti O‘zbekistonda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshiradi
O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiyaning Polimoda moda va dizayn instituti direktori Massimiliano Jornetti bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida O‘zbekistonning yengil sanoatga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari hamda charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan hamkorlikda malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Direktor Massimiliano Jornetti institut nafaqat moda va dizayn, balki biznes maktabi sifatida dunyoga mashhur brend kompaniyalar mutaxassislari bilan hamkorlikda texnolog va marketologlarni tayyorlashini bildirdi. U, shuningdek, joriy yilning sentabr oyida O‘zbekistonga borishini ma’lum qildi.
"Safar chog‘ida o‘tkaziladigan uchrashuvlardan so‘ng aniqlangan ehtiyojlar va belgilab olinadigan hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha Polimoda tomonidan takliflar, xususan maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish bo‘yicha loyiha takliflari ishlab chiqilishi mumkin", - dedi Massimiliano Jornetti.
Muloqot yakunida O‘zbekistonda charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:53 / 07.07.2026
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026