Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
Gideon Lustig O‘zbekiston bilan bir qatorda Tojikistonda ham diplomatik missiyasini bajaradi.
Gideon Lustig Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
«Xalqaro munosabatlarda katta tajribaga ega va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga sodiq bo‘lgan Gideon Lustig mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga tayyor. Biz uni samimiy qutlaymiz va ushbu lavozimda muvaffaqiyatli va samarali faoliyat tilaymiz», deyiladi Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi xabarida.
Gideon Lustig O‘zbekiston bilan bir qatorda Tojikistonda ham diplomatik missiyasini bajaradi. U 2022 yildan buyon Isroil Tashqi ishlar vazirligi siyosiy direktori shtab boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2020 yildan buyon Isroilning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lgan Zeavit Ben-Hillel 2024 yil iyulida o‘z missiyasini yakunlagan edi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026