Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva Belarus Milliy majlisi kengashi raisi Natalya Kochanova bilan uchrashdi
Senat raisi Tanzila Norboyeva Belarus Milliy majlisi Respublika kengashi raisi Natalya Kochanova bilan uchrashdi.
Foto: Senat axborot xizmati
Muloqot chog‘ida har ikki davlat rahbarlarining o‘zaro do‘stona munosabatlari tufayli O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi aloqalar yuksalayotganligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, ta’lim va fan, xotin-qizlar tadbirkorligi, sog‘liqni saqlash sohalarida tajriba almashinuvini kengaytirish, hududlararo aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Davlatlar o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda parlament nazoratini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Yoshlar parlamentlari hamda do‘stlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish, parlamentlararo komissiyani tashkil etishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi - «yo‘l xaritasi» imzolandi.



Mavzuga oid
12:23 / 24.03.2026
Litva Belarusdan dron uchib kelganini ma’lum qildi
12:31 / 20.03.2026
Lukashenko 250 nafar siyosiy mahbusni ozod qildi
17:51 / 09.03.2026
Lukashenko Belarus o‘zbekistonlik migrantlardan mamnun ekanini aytdi
19:30 / 27.02.2026