Vaşington va Toşkent 2021 yilda afğon harbiylari tomonidan Özbekiston hududiga olib ötilgan samolyot va vertolyotlar borasida kelişib olgan. «Tolibon» esa bu kelişuvga qarşi. Xöş, Özbekiston çegaralarini noqonuniy kesib ötgan harbiy uçoqlar taqdiri xalqaro va milliy qonunçilikda qanday hal qilinadi? «Geosiyosat»ning galdagi sonida şu masala muhokama qilindi.

— Özbekistonga ötgan samolyot va vertolyotlar aslida kimniki?

— Bu samolyot va vertolyotlar aslida Amerikada va şu davlatning puliga yasalgan. Öşa vaqtda 46 ta samolyot va vertolyotlar Özbekistonga, 18 tasi Tojikistonga uçib ötgan. «Tolibon» endi bularni Afğonistonga tegişli, deya ularni qaytarişimizni sörab murojaat qilmoqda. Samolyotlarning tarkibiga e’tibor beradigan bölsak 2021 yilda, «Tolibon» Kobulni egallagan kunlarda bortida 585 nafar afğonistonlik harbiy xizmatçi bölgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot (Embraer EMB 314 Super Tucano, UH-60 Black Hawk, MD-530, PC-12 va Mi-17) Özbekiston havo hududini kesib ötgan. Bu samolyotlarning köpçiligi 15 yil avvalgi samolyotlar hisoblanadi.

— Xalqaro huquq nuqtayi nazaridan vertolyotlar taqdiri qanday hal etilişi kerak?

— 2021 yil avgust oyida 46 ta samolyot va vertolyotlar Özbekiston osmonini kesib ötdi. Jinoyat kodeksida 223-moddaga binoan bu çegarani noqonuniy kesib ötiş hisoblanadi. Qurol-yaroğ orqali amalga oşadigan bölsa bu 246-moddaga böysunadi va bu kontrabanda hisoblanadi. Bu samolyot va vertolyotlarda harbiylar, qoçqinlar bor edi. Ular Özbekistonda qolişmadi balki uçinçi mamlakatlariga çiqarib yuborildi. Ammo samolyotlarning taqdiri hali noaniq. Xalqaro huquq normalarida siyosiy qoçqinlar çegaralarni bosib ötişsa ularni javobgarlikka tortmasdan, belgilangan hududga yetkazib qöyiş belgilangan.

«Harbiy texnikalar Özbekistonda böladi. Ha, bu allaqaçon rasmiy. Uşbu texnikalar heç qaçon afğonlarniki bölmagan, ular amerikaliklarniki edi. Afğon armiyasi undan foydalandi, lekin biz hamişa xöjayin bölganmiz», — degan AQŞning Özbekstondagi elçisi Jonatan Henik.

Jonatan Henikning gapi aynan qanday şartnomada keltirilgan, şunga ham e’tibor berişimiz kerak. Bu gaplar elçining oğzaki gapi hisoblanadi. Bu samolyotlar Özbekistonga berildi, ammo qanday şartlarda berildi, degan savol ham bor. Ijara uçunmi, butunlay foydalanişga yoki qaytarib beriş şarti bilanmi, bunisi hali oçiqlanmagan. Balki ularni qaytarib olib boşqa davlatga berişni niyat qilgan bölişlari ham mumkin.

2022 yil may oyida Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatilla Ergaşov uşbu samolyotlar Amerikaning mulki va Amerikaga qaytariladi, degan edi.

— Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi delegatsiya 17 avgust kuni Kobulga taşrif buyurgan vaqtda bu masala muhokama qilingan bölişi mumkinmi?

— Taşrifning maqsadi Afğonistonga kömak beriş edi, ammo samolyotlar masalasi ham muhokama qilindi. Rasmiy saytlarda ma’lum qilinmagan bölsa ham, Rossiya ijtimoiy tarmoqlarida ma’lumotlar berib borilmoqda. Ikki davlat delegatsiyasi Özbekistonga yangi elçi qöyiş masalasiga kelişişdi. Şu paytgaça 3 yildan beri elçi yöq edi. Elçilikka Abduğofir Teraviy degan özbek millatiga mansub yigitni tayinlaşdi.

Bu uçraşuvda 35 ta loyiha imzolandi, 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalar kiritiş töğrisida. Yangi kelgan elçining birinçi vazifasi mana şu samolyotlarni qoldiriş yoki Amerikaga qaytariş va ularni sotib pulni örtada böliş kabi yöllardan birini foydalanib masalani hal qilişi mumkin. Çunki bu samolyotlar Özbekistonda qolganidan bizga heç qanday foyda yöq. Sababi ular ma’nan ham, jismonan ham ança eskirgan. «Tolibon» xalqaro huquqda tan olinmagani uçun samolyotlarni qaytariş masalasi oçiq qoladi.

— Vertolyot va samolyotlar bilan boğliq mavzu ikki qöşni munosabatlariga putur yetkazmaydimi?

— Bu ustuvor yönaliş bölmasa ham ikki davlat örtasida nizoga sabab bölişi mumkin. Şu nizoning oldini oliş uçun Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonga borib keldi va afğon iqtisodiyotiga yordam beriş uçun turli loyihalar imzolandi. Ammo samolyotlar qaytarilmasligi ham ta’kidlanmoqda. Çunki samolyotlar qaytarilsa bu qöşni davlatlar uçun tahlikaviy vaziyatni yuzaga çiqarişi mumkin.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.