“Universal Mobile Systems” MÇJ (Mobiuz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat uluşi xususiylaştirildi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabariga köra, AQŞning “McKim and Company” kompaniyasi boşçiligidagi moliyaviy investorlar va sohaviy texnologik hamkor “JVR Enterprises LLC” (DBA – “JVR Capital Group”) iştirokidagi konsorsium taklifi ğolib deb topilgan.
Uşbu taklifga muvofiq, MobiUz kompaniyasi 351 mln dollarga baholangan. Şuningdek, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirişga 500 mln dollargaça investitsiya kiritiş rejalaştirilgan.
“Mazkur taklifning sotiş samaradorligini körsatuvçi EV/EBITDA multiplikatori 7,4x ni taşkil etib, bitimning yuqori samaradorligini aks ettiradi. Mazkur körsatkiç qiyosiy bitimlar bilan soliştirganda biznesning raqobatbardoş baholanganini kşrsatadi hamda mustaqil baholovçi tomonidan aniqlangan qiymatdan sezilarli darajada yuqoridir”, – deyiladi Davaktiv bayonotida.
Bitimni yakunlaş uçun tegişli tartibga soluvçi organlarning zarur ruxsatnomalarini oliş, şuningdek belgilangan korporativ va huquqiy tartib-taomillarni bajariş talab etiladi.
Mobiuz'ni sotiş böyiça xalqaro savdo jarayoni 2025 yil iyun oyida boşlangan edi. Rasmiy axborotga köra, bu jarayonda AQŞ, Yaponiya, Fors körfazi mamlakatlari, Yevropa hamda Kavkazorti mintaqalaridan 15 dan ziyod (aksariyati xorijiy) investor iştirok etgan.
10 nafar iştirokçi dastlabki narx taklifini bergan, ulardan faqat 6 tasi majburiyatga ega takliflar bilan çiqqan. 2026 yil yanvariga kelib, hukumat qat’iy taklif bildirgan 6 ta talabgor orasidan eng jozibali deb topilgan 3 tasiga öz taklifini yaxşilaş uçun 23 yanvargaça muddat berilganini ma’lum qilgandi.
Xususiylaştiriş jarayonida Rothschild & Co xalqaro investitsiya banki strategik konsultant, katta törtlikka kiruvçi “KPMG moliyaviy konsultant hamda Deloitte mustaqil baholovçi sifatida iştirok etdi.












