Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hempshir grafligi O‘zbekiston mahsulotlarining Britaniya bozoriga eksportini oshirishga ko‘maklashadi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Hempshir grafligi Savdo palatasi raisi Ross MakNelli bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida sanoat sohalarida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, o‘zaro savdo va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish ikki mamlakatda joylashgan maxsus iqtisodiy zonalar va sanoat parklari o‘rtasida tajriba almashish maqsadida o‘zaro tashriflarni tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar hamda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Birmingem bozorlariga eksportini ko‘paytirish, tadbirkorlar o‘rtasida B2B formatida uchrashuvlar tashkil etish, shuningdek, Britaniya kompaniyalarining O‘zbekistonga savdo missiyalarini uyushtirishga kelishildi.
Hempshir grafligi Savdo palatasi 1875 yilda tashkil etilgan. Palata mintaqadagi kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish va xalqaro aloqalarni o‘rnatishga ko‘maklashadi. Hozirda tuzilmaga turli sohalarda faoliyat olib boruvchi 1800 dan ortiq yirik korxonalar a’zo hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:58 / 09.07.2026
Yonilg‘i inqirozi: Rossiya dizel eksportini to‘xtatdi
10:15 / 06.07.2026
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
09:30 / 22.06.2026
O‘zbekiston qaysi mamlakatlarga ko‘proq mahsulot sotmoqda?
15:20 / 13.06.2026