Sanoqli kunlardan söng yangi öquv yili boşlanadi. Talaba va öquvçilar OTM hamda maktablar bağriga qaytadi. Ta’lim böyiça xalqaro ekspert Azamat Akbarovning fikriça, Özbekistonda hamma oliy ma’lumotli bölişi kerak degan tendensiya kuçayib bormoqda. Bu esa kelajakda oliy ma’lumotli işsizlar armiyasini paydo qilişi mumkin. Universitetlarning esa bu ketişda jamoat kutubxonalaridan farqi qolmaydi.
Ta’limdagi ahvol qanday?
Xalqaro ekspert Azamat Akbarov fikriça, ta’limning ahvoli açinarli bölib qolmoqda. Buning asosiy sababi – maktab ta’limiga borib taqaladi. Çunki maktabdan bilimsiz bölib çiqqan öquvçini 4-5 yilda OTMlar bilimli qilib qöyolmaydi. Bundan taşqari, respublikada hamma oliy ma’lumotli bölişi kerak, degan ijtimoiy tendensiya yildan yilga kuçaymoqda. Öqişdan asosiy maqsad esa oila quriş yoki ijtimoiy statusni yaxşilaşdan iborat. OTMlardagi ba’zi yönalişlar esa bugungi kun talablariga umuman mos kelmaydi. Lekin faqatgina diplom ilinjidagi talabalar bu yönalişlarni mahkam uşlagan. Ham ota-onaning, ham davlatning, ham talabalar zarariga işlayotgan bunday yönalişlarni yopiş kerak, deydi Akbarov.
Eng past ballar – texnikada. Bu fojia
Ekspertga köra, yildan yilga hattoki, kiriş ballini ham töplay olmagan abituriyentlar sonining yuz minglab bölişi – maktab ta’limi özini oqlamayotganini körsatadi. Ayniqsa, eng past ballar aniq va tabiiy fanlar bor yönalişlarda. Davlat rivoji, YaIMning ösişi avvalo sanoat taraqqiyotiga boğliq. Bu esa birinçi navbatda fizika, kimyo, texnika fanlarini yaxşi özlaştiriş va bilim ortidan böladi. Özbekistonda esa ballari eng past, talab yuqori bölmagan yönalişlar – texnikada. Akbarovning fikriça, bu çinakam fojia. Real muammoni tan oliş va unga qarşi kuraşiş kerak. Ijtimoiy-gumanitar fanlar rivoji davlat taraqqiyotiga asos bölmaydi. Davlatni aniq va tabiiy fan bilimdonlari rivojlantiradi. Bizda esa aksi, deydi suhbatdoşimiz.
Xususiy universitetlar özini oqlayaptimi?
Azamat Akbarov tahliliga köra, Özbekistondagi xususiy universitetlar, afsuski, özini oqlay olmadi. Buning bir qator sabablari bor: birinçisi, OTMlarning talabaga mijoz va foyda manbayi sifatida qaragani. Agar mijoz ketsa, foydadan quruq qoliş qörquvi – sifatni unutişga olib keldi. Ikkinçisi, xususiy OTMlarni ta’limdan butkul yiroq insonlar oçgan va boşqarmoqda. Bu esa jahondagi va davlatdagi standartlarning oyoqosti bölişiga olib kelmoqda. Uçinçisi, xususiy universitetlar maqsadsiz oçilgan. Aniq maqsad bölmagan ta’lim muassasasi rivoj topmaydi. Törtinçisi esa, ulardagi yönalişlar. Deyarli barça xususiy OTMlarda bir xil yönaliş, na laboratoriya, na amaliyot xonalari hamda jihozlari bor. Bu qöşimça xarajat degani, universitetlar esa buni istamaydi, deydi ekspert. Lekin jahon tajribasida eng nufuzli universitetlar – xususiy. Çunki taomilga köra, xususiy OTMlarda ta’lim yaxşi va samaraliroq böladi, qarorlar tez qabul qilinadi, sanoat va kadrlar bozori bilan muvofiq iş olib boriladi.






