Özbek doktorantura tizimi ilm örganuvçilar uçun murakkab, ilmiy işlar, dissertatsiyalar va maqolalar qiymatsiz bölib qolmoqda. Ilmiy rahbarlarning bilimi yetarli emas... Bu yaqinda nufuzli xalqaro naşrlardan biri e’lon qilingan maqolaning asosiy tezislari edi. Kun.uz yana kun tartibiga qaytgan oğriqli masalani ta’lim sohasi ekspertlari bilan tahlil qildi.
Yaqinda nufuzli xalqaro naşrlardan biri Higher education policy jurnalida özbekistonlik tadqiqotçilarning Özbekistonda doktorantura tizimini isloh qilişga qaratilgan maqolasi e’lon qilindi.
Unda mualliflar hozirgi özbek doktorantura tizimi ilm örganuvçilar uçun murakkab qilib qöyilgani, ilmiy işlar, dissertatsiyalar, maqolalarning qiymatsiz bölib qolişiga nimalar sabab bölayotgani keltirilib, qolaversa, ilmiy rahbarlarning bilimi yetarli emasligi aytib ötilgan. Maqola egalari Ğarbiy Angliya universiteti professori Qobil Röziyev, “Yangi Özbekiston” universiteti lektori Dilşoda Rabbimova hamda Surrey universiteti tadqiqotçisi Mohidil Mamasoliyeva hisoblanadi.
Kun.uz ayni maqola bahonasida mavzu yuzasidan oliy ta’lim masalalarida ekspert Azamat Akbarov hamda Istanbul universiteti doktoranti Otabek Tillayev bilan suhbatlaşdi.
– Dastlab kiriş qismi uçun umumiy savoldan boşlasam. Mamlakatlar uçun olimlar qatlami şakllanişi va olimlar yetiştiradigan tizimni şakllantiriş nima uçun muhim hisoblanadi? Qisqa fikrlaringizni bildirsangiz.
Azamat Akbarov: Doktorantura nima uçun kerak? Doktorantura davlatlarning iqtisodiyotini rivojlantiriş uçun kerak. Ya’ni industriya – işlab çiqariş bilan oliy ta’lim örtasidagi köprik hisoblanadi. Butun rivojlangan davlatlarda ham şu, indikatorlarga erişiş uçun asosiy tadqiqot işlarini olimlar olib borişadi. Qisqa qilib şuni aytsak böladi, ya’ni davlatning kelajagini belgilab beruvçi [omil] – sifatli tadqiqotlar. Buni faqat va faqat doktorantlar amalga oşirişi mumkin.
Işlab çiqarişda qayerda ehtiyoj seziladigan bölsa, öşa sohada doktorantlar bilan industriya birga işlaydi. Janubiy Koreya misolida köradigan bölsak, Hyudai va Samsung orqasida turadiganlar – universitetlar. Ilon Maskning katta industriyasining orqasidan turadiganlar ham universitetlardir. Töğri, biz sahnada Ilon Mask yoki Stiv Jobs, Jyef Bezoslarni köramiz, lekin ularning orqasida turgan universitetlardir. Butun kadrlar, ya’ni amaliy tadqiqotlarni olib boruvçilar ana şu insonlar hisoblanadi. Bular aynan industriyadan tuşadigan loyihalar bilan universitetlar ğoyalarining tijoratlaşuvini davom ettiradi.
Otabek Tillayev: Har qanday sohaning rivoji avvalambor ilm bilan böladi. Ilmsiz taraqqiyot yöq. Har qanday oliy ta’lim tizimida muayyan bosqiçdan keyin, aytaylik, magistratura va bakalavriatdan keyin mutaxassisning oldidan 2 ta yöl çiqadi: yo amaliyotda faoliyatini davom ettiriş yoki akademik faoliyat bilan şuğullaniş. Tabiiyki, içki xohişlari va oldiga qöygan maqsadlaridan kelib çiqib u yoki bu yölni tanlaydi.
Xöp, doktorantura tizimi nimaga kerak? Bu avvalambor ilmni davlat miqyosida siyosat darajasida uşlab turiş va amaliyot bilan nazariyaning uyğunligini ta’minlaş uçun. Çunki bu yerda ilmga ehtiyoj tuğilgani sababli amaliyot özi rivojlana olmaydi, bu nuqtada ilmga ehtiyojni qondiriş uçun mamlakatda yetişib çiqayotgan olimlar yordamga keladi. Uni amaliyotga tatbiq etiş orqali har qanday davlat ilm, taraqqiyot yölida ilgarilaşi mumkin böladi.
– Yuqorida eslatilgan maqolada tizim sovetdan qolgan eskiça 2 bosqiçli tizimga ötgani tanqid qilingan. Ma’lumotlarga qaraganda, 2012 yilda fan doktori ilmiy darajasini himoya qiliş va berişni nazarda tutuvçi bir bosqiçli tizim joriy etilgan. 2017 yilda bu bekor qilinib, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvçi tayanç doktorantura va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvçi doktorantura joriy etildi.
Savol: sizningça, bu tizim özi qanday körinişda bölişi kerak va nega?
Azamat Akbarov: Umuman OAK (Oliy attestatsiya komissiyasi) va ilmiy darajalar bizga nima uçun kerakligi haqida 2019 yilda tanqidiy maqola çiqarmaganman. Turklarda “aql bir yöldan ketadi” degan ajoyib gapi bor. Ya’ni xalq Koreya, Germaniya yoki Avstraliyada böladigan bölsa ham uning yöli bir. Universitetlar sonini oşiradigan bölsak, uning yagona maqsadi – sifatli ta’lim va sifatli ta’limning orqasidan bitiruvçilar işga joylaşişi va qöşimça qiymat, yangi iş örni yaratişi, yangi loyihalar işlab çiqişidir. Ya’ni YaIMga faqat zavod, fabrikalar emas, ilmiy ğoyalar, universitetlar ham hissasini qöşişi kerak.
2019 yilda prezident tomonidan imzolangan “Oliy ta’limni 2030 yilgaça rivojlantiriş” konsepsiyasida aniq ta’kidlab ötilgan, ya’ni bundan buyon universitetlar ham Koreya, Malayziya, Avstraliya singari YaIMga öz hissasini qöşişi kerak, qanday? Ilmiy ğoyalari bilan. Agar biz dunyoni oladigan bölsak, dunyoda [doktorantura tizimi] bir bosqiçli. Bakalavriat, magistratura va PhD… PhD eng yuqori ilmiy daraja hisoblanadi, uning orqasida heç narsa yöq. Uning orqasidan faqat akademik ilmiy unvonlar keladi, lekin 2 bosqiçli emas. [Doktoranturaning] 2 bosqiçli ekani Sovet tizimidan qolib ketgan eski meros, ya’ni eski sarqit desak ham böladi.
Dunyoning heç bir [rivojlangan] davlatida possovet davlatlarida mavjud bölgan 2 bosqiçli tizim yöq. Birinçi bosqiçning nomi ham tayanç doktorantura deyiladi, buning özi kulgili. Turkiyaning özini oladigan bölsak ham doktorantura eng yuqori qism hisoblanadi. Inson aynan PhD’da özining butun sohasida nafaqat yangilik yaratadi, balki undan oldingi yangiliklarni yo inkor qilişi, yo ularni qayta takomillaştirişi mumkin. Va ikkinçi bosqiçning keragi yöq, çunki ikkinçi bosqiçda ham birinçi bosqiçga öxşab 150 betlab dissertatsiya yoziladi, kimga kerak bu?
Ğarb PhD’ni bir bosqiçli qiliş kerakligini aytadi. Globallaşgan dunyoda ehtiyojlardan kelib çiqqan holda tanqidiy, ilmga asoslangan maqola yoziş kerak. Tasavvur qiling, bizdagi 2-bosqiçda 150 betlik dissertatsiyaning örniga juda kuçli maqola yozişsa, 5 yoki 6 betlik bölsin, dunyodagi bir fanda katta özgarişga sabab bölişi mumkin. Bizning dissertatsiyalarni esa heç kim öqimaydi, uning havolasi yöq, u qayerdadir ingliz tilida joylaştirilmaydi va u qayerdadir industriyani rivojlantirişga hissa qöşmaydi.
Demak, 2023 yilda bir bosqiçliga ötilişini ijobiy baholayman, Özbekiston oliy ta’limining xalqaro standartlarga moslaşişi edi. Endi tasavvur qiling, bizga çetdan keladigan talaba bölsa yoki çetdan keladigan xodimlar, öqituvçilar böladigan bölsa, eng yuqori ilmiy darajaga ega bölsa, uning darajasi yuqori hisoblanmaydi, çunki bizda 2 bosqiçli.
Keyin mana bu eski “maktab”ning sobiq xodimlari nima uçundir unga qarşi çiqişgan, “biz şunça vaqt mobaynida 2 bosqiçdan ötdik, endi yoşlar 1 bosqiçdan ötib bizga tenglaşyapti” degan gap-sözlar bor. Agar 2 bosqiçlining korrelyatsiyasini körib, industriyaga katta hissa qöşib, ta’limni özgartirgan bölsa, ikki qölimizni kötaramiz, buni qoldirişimiz kerak deymiz. Agar buning teskarisi bölib, korrupsion sxemani yaratib, ta’limga salbiy zarba berayotgan bölsa, buni öylab köriş kerak. Dunyo qayerga ketyapti, dunyoda 2 bosqiçli tizim bormi özi?
Bizda aslida hamma narsa qoğozda ğarb standartlarida, dunyo standartlarida tuşuntirib berilgan, lekin amaliyot eski sovet standartlarida ketyapti. Dunyoning heç bir TOP 50, 70 ta davlatida 2 bosqiçli doktorantura umuman yöq. Ya’ni buning keragi yöq. Çunki dissertatsiya bir marta yoziladi, undan keyin faqat maqola yoziladi. Olim maqolasi bilan örtaga çiqadi. Hozir Amerikaning özida ham dissertatsiya himoyasi vaqtida umuman maqola yozilmaydi degan tuşunçalar bor. Faqat olim bor kuçini bir bosqiçli dissertatsiyaga qaratişi kerak. Şu uçun menimça 2 bosqiçliga ötiş xato qaror böldi, buning alternativi dunyoda yöq.
Otabek Tillayev: Bu yerda aslida turli faktorlar bor. Ya’ni bu davlat miqyosida qaror qabul qiluvçilar ta’sir qiladigan omillar böldi, şuning ta’sirida şunday böldi deb öylayman. Birinçidan, biz mustaqil davlat sifatida ilm yölidan ham jahon standartlari yölidan borişni maqsad qilib, qadam taşlaşni boşladik. Lekin ayni paytda PhD himoya qilgan olimni aytaylik, eski tizimdagi fan doktoriga tenglaştirilişi tabiiyki içki jarayonda ma’lum bir ixtiloflarga, jiddiy e’tirozlarga sabab böldi.
Qöpol qilib aytganda, keçagina “tuxumdan çiqqan” olim bilan mening darajam teng böladimi degan keskin farq bu örtada katta tafovutni keltirib çiqardi va asosiy konfliktlar şundan kelib çiqdi deb öylayman. Bu bir faktor. Ikkinçisi 15 yil oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritgan bölsam, men bevosita “oşxonani” içidan biladigan odam sifatida aytamanki, buni u yoki bu bilan boğlaş nihoyatda qiyin. U yerdagi kengaşlarning içki intrigalari, umuman ilmiy muhitdagi soğlomlik darajalari – hammasining ta’siri ötdi deb öylayman.
Endi dunyoda qanday desak, eng yaxşi rivojlangan davlatlar standarti böyiça yölimizni tanlamoqçi ekanmiz, bunda ham turli xillikni körişimiz mumkin. Lekin asosan bizda etalon sifatida olişimiz kerak bölsa, ğarb va Amerika tizimini olsak, albatta, bir bosqiçli tizim borligini körişimiz mumkin. Ularning DSc degan tuşunçasi deyarli iste’molda yöq, çunki PhD himoya qilgandan keyin, zotan u kadr ilm yölini tanladi, u ilm yölida davom etişi, maqolalar va tezislar çiqarişi, monografiyalar, ilmiy qöllanmalar, şogirdlar yetiştirib çiqişi va hokazo. Bu kabi omillar tabiiyki ularning akademik salohiyati yuksalişiga hissa qöşadi.
Neça bosqiçli tizim bölişidan qat’i nazar, bu yerda muammo bunda emas. Bu alaloqibat oxirgi natijada DSc yoki PhD bölsin, stol ustiga qöyayotgan ilmiy işi qay darajada jamiyat, texnika rivoji uçun javob beradi, qay darajada ahamiyatli? – mana şu masalalar katta söroq ostiga olinmas ekan, bu tizim konveyerdan boşqa narsa bölmaydi. Men misol uçun 15 yillik öziga xos tan oliş sifatida ham aytişim mumkinki, Yevropa, umuman dunyo tan olgan ta’lim tizimiga çiqqandan keyin şu xulosaga keldim, biz ilm uçun heç narsa qilmayotgan ekanmiz.
Şuningdek, suhbat davomida mutaxassislar doktoranturada ilmiy rahbarlar qanday bölişi kerakligi, hozirgi Oliy attestatsiya komissiyasi yopilib, uning örnida mustaqil va erkin taşkilot bölişi lozimligini, tizimdagi korrupsion sxemaga barham berilişi şartligini bildirişgan. Intervyuning töliq şaklini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Dilşoda Şomirzayeva suhbatlaşdi,
tasvirçi Mirvohid Mirrahimov,
montaj ustasi Nuriddin Nursaidov.
















