Samarqand ikki yirik to‘qimachilik assotsiatsiyasining qo‘shma konferensiyasiga mezbonlik qiladi
Shu yilning 8-10 sentabr kunlari Samarqandda dunyodagi ikkita yirik to‘qimachilik assotsiatsiyasining birinchi qo‘shma konferensiyasi - ITMF Annual Conference & IAF World Fashion Convention o‘tkaziladi.

Foto: Kun.uz
"O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan "Innovatsiya, hamkorlik va tartibga solish — to‘qimachilik sanoati va tekstil sohasini harakatlantiruvchi kuchlar" deb nomlangan tadbirda 500 dan ortiq soha mutaxassislari, yirik xalqaro to‘qimachilik kompaniyalari, brendlar, moliya institutlari va chakana savdo vakillari ishtirok etadi.
ITMF kengashining 7 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishi konferensiyani boshlab beradi. 8-10 sentabr kunlari rasmiy biznes dasturi doirasida konferensiya ishtirokchilari sanoatning eng dolzarb masalalari va muammolarini muhokama qiladilar: sun’iy intellektning ta’siri, ishlab chiqarishni raqamlashtirish, xalqaro tartibga solish, barqaror rivojlanish va ta’minot zanjirlarini optimallashtirish masalalari.
Konferensiya ma’ruzachilari sifatida Amerika kiyim-kechak va poyabzal sanoati assotsiatsiyasi (AAFA) prezidenti Stiven Lamar, Yevropa kiyim-kechak va to‘qimachilik konfederatsiyasi (EURATEX) bosh direktori Dirk Vantigem, Inditex guruhining barqarorlik bo‘yicha direktori Feliks Poza Pena va Cotton Analytics (AQSh), Indorama Corporation (Singapur) va boshqa kompaniyalar vakillari ishtirok etadilar.
Tadbir g‘oliblarning e’lon qilinishi hamda ITMF Awards va ITMF Start-up Award mukofotlarini taqdirlash bilan yakunlanadi. Ular 2024 yilda sanoatning eng ajoyib yutuqlari va innovatsiyalarini nishonlash uchun mo‘ljallangan.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
-
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi
Jamiyat | 00:08
Mavzuga oid

00:17
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

17:32 / 31.05.2025
Samarqandda avtomobillarda drift qilgan xorijliklar uzr so‘radi

13:55 / 29.05.2025
O‘zbekiston va Italiya strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashini e’lon qildi

23:47 / 28.05.2025