Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda bank xodimi o‘z kabinetida vafot etib, 4 kun u yerda qolib ketdi
Uning xonasi joylashgan qavatdan badbo‘y hid tarqala boshlagach, xodimlar shikoyat qilgan va bino xavfsizlik xizmati xodimlari ayolning kabinetini ochib ko‘rgan.
Foto: Getty Images
AQShda 60 yoshli ayol to‘rt kundan keyin ish joyidan jonsiz holatda topildi, deb xabar beradi NBC News. Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, ayol 16 avgust kuni binoga kirib ketganida oxirgi marotaba skanerlash tizimidan o‘tgan va shu bilan hech qayerda qayd etilmagan.
Tempe shahri politsiyasiga 20 avgust kuni Wells Fargo bank korporatsiyasi binosidan murojaat kelib tushgan va unda amerikalik ayol ish joyidan jonsiz holatda topilgani aytilgan.
Kompaniya xodimlarining aytishicha, Deniz Pryudommning jasadiga tasodifan duch kelishgan. Marhumaning jasadi topilishidan oldin ofisdagi bir necha kishi Denizning xonasi joylashgan uchinchi qavatdagi koridordan badbo‘y hid tarqalayotgani haqida shikoyat qilgan. Ammo xodimlar bu hid kanalizatsiyadagi muammolar tufayli tarqalmoqda deb o‘ylagan.
Xavfsizlik xizmati xodimlari tekshiruvlar davomida Pryudomm binodan chiqishda ruxsatnomasini skanerdan o‘tkazmaganini aniqlagan.
Ayolning o‘limiga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Tempe politsiyasi Jinoiy ishlar byurosi Marikopa okrugi sud-tibbiyot ekspertlari bilan buning ustida ish olib bormoqda. Xodimning ish kabinetida o‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlar davomida politsiya hech qanaqa qotillik alomatlarini aniqlamagan. «Shuncha vaqt Deniz Pryudommning yo‘qolib qolganiga necha hech kim e’tibor bermagani tushunarsiz», — deyiladi xabarda.
Wells Fargo bank kompaniyasi Deniz Pryudommning yaqinlariga hamdardlik izhor etgan. Shuningdek, zarurat tug‘ilsa, rahbariyat yuz bergan fojia sabab barcha xodimlariga psixologik yordam ko‘rsatilishini va’da qilgan.
Mavzuga oid
01:00 / 25.01.2026
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:07 / 24.01.2026