Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni 51,4 ming nafarga oshgan – Statistika agentligi
2024 yilning so‘nggi yetti oyida jami 80,5 ming nafar chet el fuqarolari savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish maqsadida mamlakatimizga kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,8 barobarga ko‘p.
Ctatistika agentligining xabar qilishicha, joriy yilning yanvar-iyul oylarida jami 80,5 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 51,4 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshgan.
O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Turkmaniston – 48 186 nafar;
- Tojikiston – 25 729 nafar;
- Afg‘oniston – 1 866 nafar;
- Xitoy – 822 nafar;
- Hindiston – 648 nafar;
- Turkiya – 615 nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi – 465 nafar;
- Janubiy Koreya – 400 nafar;
- AQSh – 261 nafar;
- Rossiya – 215 nafar;
- boshqa davlatlar – 1 309 nafar.
Mavzuga oid
10:19 / 14.07.2026
O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 25 foizga oshdi
17:51 / 13.07.2026
O‘zbekistonda gazetalar soni 15 yilda uch barobar kamaydi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:25 / 06.07.2026