Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi respublika bilan aloqalarning rivojlanishi haqida gapirdi
Oleg Malginov O‘zbekistonning har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasidagi qadamlari Rossiya tomonidan yuqori baholanayotganini ta’kidladi.

Foto: mid.ru
O‘zbekiston qisqa vaqt ichida uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi va kuchli va jadal rivojlanayotgan davlatga aylandi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov ma’lum qildi.
«O‘zbekistonning keyingi yillarda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo‘lida erishayotgan yutuqlarini butun dunyo e’tirof etmoqda. Tarixiy me’yorlarga ko‘ra, qisqa vaqt ichida mamlakat uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi va kuchli va jadal rivojlanayotgan davlatga aylandi. Bugun O‘zbekiston xalqaro maydonda obro‘-e’tiborga ega bo‘lib, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal etishda salmoqli rol o‘ynamoqda», dedi Malginov.
Uning qayd qilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida energetika, sanoat, texnologiya va innovatsiyalar sohasida keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilib, madaniy-gumanitar almashinuvlar mustahkamlanmoqda. Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, qishloq xo‘jaligi sohalarida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Hamkorlikni rivojlantirish, xalq farovonligini oshirishga qaratilgan yirik xalqaro tashabbuslar dunyoda keng qo‘llab-quvvatlanib, xalqaro munosabatlarning zamonaviy arxitekturasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, Malginov O‘zbekistonning har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasidagi qadamlari Rossiya tomonidan yuqori baholanayotganini ta’kidladi.
«Rossiya mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi kelajakka yo‘naltirilgan har tomonlama hamkorlik, strategik sheriklik va ittifoqchilikni mustahkamlashga qaratilgan qadamlarni yuksak qadrlaydi. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotganining yorqin misoli joriy yilning may oyida prezident Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi bo‘ldi. Uchrashuvda imzolangan hujjatlar mamlakatlarimiz xalqlari farovonligi yo‘lida aloqalarni rivojlantirish uchun yangi ufqlarni ochdi. Bundan tashqari, Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari MDH, ShHT, BMT va boshqa xalqaro platformalar doirasida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda», dedi u.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampizm cho‘qqisi, Ukrainada asir tushgan xitoyliklar va “tahqirlangan” Netanyahu - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 19:01
-
“Navoiyuran” davlat korxonasi ESG reytingini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston | 19:00
-
Ukraina ikkinchi F-16 qiruvchi samolyotini yo‘qotdi
Jahon | 18:34
-
Istanbulning sobiq meri ustidan sud jarayoni yozga qoldirildi
Jahon | 18:12
Mavzuga oid

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

08:28 / 05.04.2025
Yevropa va Kanada Putindan AQSh taklifiga darhol javob berishni talab qilmoqda

08:14 / 05.04.2025
«Rossiya otashkesimga tayyorgarlik ko‘rayotganining alomati yo‘q» - NATO razvedkasi

00:50 / 05.04.2025