Sevilyada noroziliklar: G‘arbiy Nil virusi besh kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi
Norozilik aksiyasi tashkilotchilari mahalliy va milliy hukumatdan kasallik tarqalishiga qarshi nazoratni kuchaytirishda faolroq harakat qilishni talab qilmoqda.
Ispaniyaning Sevilya aholisi yozda besh kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan G‘arbiy Nil virusiga qarshi kurashda tegishli choralar ko‘rilishini talab qilib, norozilik aksiyasini o‘tkazdi, deb xabar beradi BBC.
Virus chivinlar infeksiyaga chalingan qushlarni chaqib, keyin odamlar qonini so‘rganida yuqadi. O‘lim holatlarining barchasi va 61 ta kasallanish holati Sevilya shahri yaqinidagi Gvadalkvivir daryosi hududida qayd etilgan.
Norozilik aksiyasi tashkilotchilari «Nil virusiga qarshi kurash» platformasida chiqish qilib, mahalliy va milliy hukumatdan kasallik tarqalishiga qarshi nazoratni kuchaytirishda faolroq harakat qilishni talab qilmoqda.
Sevilya hukumati aholini sarosimaga berilmaslikka chaqirib, virusga qarshi kurashda provinsiyalar va meriyalar bilan hamkorlikni kuchaytirishini ma’lum qildi.
Joriy yoz faslida virusdan vafot etgan 86 yoshli ayolning oilasi mahalliy hukumatga maktub yo‘llab, «o‘zlarining g‘azabini sochdi». «Agar sizlar o‘zlaringni shinam kabinetlaringda o‘tirmasdan, mas’uliyat bilan ishlaganinglarda ushbu fojiadan qutulib qolish mumkin bo‘lardi», — deyiladi maktubda.
Marhumaning oilasiga ko‘ra, virusning tarqalishiga yaqin atrofdagi sholi maydonlarida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmagani sabab bo‘lgan.
G‘arbiy Nil virusi odamga kasallangan chivin chaqishi orqali o‘tadi. Chivinlar esa virusni xasta qushlar qonini so‘rish orqali yuqtirishi aniqlangan. Kasallangan insonlarning 80 foizida xastalik simptomlari umuman sezilmaydi. Har 150 bemorning faqat birida mushaklarning bo‘shashi, ko‘rishning zaiflashuvi, holsizlik kabi alomatlar yuz beradi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, kasallikni davolashning aniq vositasi mavjud emas. Ammo bemorning holati og‘irlashsa, uni kasalxonaga yotqizish lozim bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
20:24 / 19.01.2025
Ispaniyada osma dor yo‘li uzilib ketdi. Jabrlanganlar bor
18:30 / 14.01.2025
Ispaniya YeI norezidentlari uchun ko‘chmas mulk xaridiga 100 foizli soliq joriy etadi
23:42 / 04.01.2025
Ispaniya 2025 yil apreldan «oltin vizalar»ni bekor qiladi
22:29 / 30.12.2024