BMTning Taraqqiyot dasturi dunyoning 170 mamlakatida öz faoliyatini yölga qöygan. Özbekistonda ham aholini yaşil energiyadan foydalaniş, energotejamkor uylar yaratiş, bunga ketadigan sarfni maksimal qisqartiriş yuzasidan könikmalarini oşiriş dasturning asosiy maqsadi sanaladi. Dastur va unda közda tutilgan missiya yuzasidan taşkilot mutasaddilari ma’lumot berdi.

BMTTDning Özbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudji dastur doirasida olib borilayotgan işlar haqida gapirdi:

“BMT Taraqqiyot Dasturi Birlaşgan Millatlar Taşkilotining eng yirik taraqqiyot agentliklaridan biri bölib, dunyo böylab 170 ta mamlakatda öz ofisiga ega. Özbekistondagi ofisimiz ham ulardan biridir. BMT Taraqqiyot Dasturining missiyasi kambağallikni bartaraf etişdan iborat. Bugungi kunda Özbekistondagi vakolatxona 40 dan ortiq loyihalar bilan işlaydi.

Bu loyihalar Özbekistonning deyarli barça hududlarida amalga oşirilmoqda va bu bizning mamlakatdagi eng kam ta’minlangan aholi qismiga yordam berişga intilişimizni körsatadi. Bilasizmi, biz hukumat va xalqni barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda qöllab-quvvatlaş davomida doimo heç kimni nazardan çetda qoldirmaslikka harakat qilamiz.

Özbekistonda amalga oşirgan bir qator muvaffaqiyatli dasturlarimiz bor. Ulardan eng kattasi “Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 2030 yilgaça bölgan Barqaror Rivojlaniş Maqsadlari”ga mos keladigan islohot dasturlarining hukumat tomonidan har tomonlama qöllab-quvvatlanişiga erişganimizdir. Masalan, 16-maqsad, ya’ni kuçli institutlar va boşqaruvni oladigan bölsak, bu sohada Özbekistonda davlat xizmatlarini raqamlaştirişga yordam berdik.

Aniqroq misollar bilan aytadigan bölsam, endilikda yaqinda farzandli bölgan ayol qölida bolasi bilan turli navbatlarda turişi şart emas. Davlat xizmatlari markazlari ularga 6 ta xizmatni bir joyda körsatadi, bu xizmatlar, şuningdek onlayn tarzda ham amalga oşiriladi va bir milliondan ortiq odamni qamrab oladi. Şuningdek, biz tört millionga yaqin nafaqaxörlarga ham şu kabi qulayliklarni yaratadigan raqamli xizmatlardan foydalanişni yölga qöyiş ustida işlayapmiz.

Bizda hukumatning kambağallikni kamaytirişdagi islohotlarini qöllab-quvvatlaydigan dasturlar mavjud. Asosiy umumiy maqsadimiz — kambağallikni kamaytiriş. Ayni şu maqsadda Özbekiston hukumatiga joriy yilning mart oyida birinçi köp ölçamli kambağallik indeksini naşr etişda yordam berdik. Bu amaliyot juda innovatsion bölib, kambağallik faqat daromad bilan boğliq emasligi va u köp ölçamliligini anglaşga yordam beradi. Ta’kidlaş joiz, odamlar kambağallikning turli körinişlarini boşdan keçirmoqda, jumladan, ta’lim oliş, soğliqni saqlaş, suvdan foydalaniş va sanitariya bilan boğliq sohalarda muammolar yetarliça.