“Xuroson viloyati” – Afg‘onistondagi terroristik guruhlarning eng yirigi - afg‘onshunos
Professor Anvar Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Afg‘onistonda 20 dan ortiq terrorchi guruhlar mavjud. Ularning eng yirigi bo‘lmish “IShID-Xuroson” 2015 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 6 mingga yaqin jangarisi bor. Afg‘onistondagi boshqa bir guruh – “Tavhid va jihod”ning rahbarlari esa asosan o‘zbekistonliklardan iborat, deydi u.
“Tolibon” 2021 yil 15 avgustdan buyon butun Afg‘oniston hududini nazorat qilib, mamlakatning takroran terrorizm o‘chog‘iga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlayotgan bo‘lsa-da, IShIDning Xuroson sho‘’basi katta tahdidligicha qolmoqda.
Afg‘onshunos Anvar Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Afg‘onistonda 20 dan ortiq terroristik guruhlar mavjud. Ularning orasida eng yirigi – 6 mingga yaqin jangarisi bor “IShID-Xuroson” hisoblanadi.
“IShID-Xuroson” 2015 yilda Afg‘onistonda tashkil topgan. Guruhning ichida yana boshqa guruhlar ham bor. Bunga “Imom al-Buxoriy” guruhi (o‘zbekistonliklardan tashkil topgan), “Jabhat al-Nusrah” va “Sharqiy Turkiston islom harakati” kabilar kiradi. Ular “IShID-Xuroson”ning tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, 2014 yilda Suriyaning Idlib shahrida paydo bo‘lgan “Tavhid va jihod” guruhi 3 mingdan ortiq jangariga ega, rahbarlari asosan o‘zbekistonliklar”, – deydi u.
Afg‘onshunos Suhrob Bo‘ronovga ko‘ra, IShIDning “Xuroson bo‘limi” Afg‘onistonda faoliyatini davom ettiriayotganini BMT va Afg‘onistonga daxldor davlatlar ham tasdiqlamoqda.
“Bu tashkilot Afg‘onistonda turli teraktlarni uyushtirib kelayotgani qo‘shni mintaqa davlatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi yoki xavf tug‘dirmaydi, deb aytishga kafolat mavjud emas. Ayniqsa, 2022 va 2023 yillar oralig‘ida Pokiston va Rossiyaning Afg‘onistondagi elchixonalariga, shuningdek, Xitoy investorlari bo‘lgan mehmonxonaga qilingan hujumlarni ushbu terrorchi guruh zimmasiga olgan”, – deydi Bo‘ronov.
Siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov IShIDning Xuroson bo‘limi garchi Afg‘onistondagi eng yirik terrorchi guruh bo‘lsa-da, uning real hokimiyatga da’vo qilish uchun resurslari va imkoniyatlari ancha cheklangan.
“Bugun Afg‘onistonda “Tolibon” davlatni total ravishda boshqarib kelmoqda, unga raqobatchi sifatida IShIDning Xuroson bo‘limi mavjud. Vaqti-vaqti bilan ular turli terroristik harakatlarni olib borishadi – “Tolibon”ga qarshi ekanliklarini bildirish uchun. Ammo bu guruhning resurslari, imkoniyatlari juda kam, shu sababli u jamiyatning ichkarisida yashiringan holda faoliyat olib boradi. “Tolibon” ularning qarorgohi qayerdaligidan xabar topsa, hujum qilishi aniq. Bu guruhni mintaqa davlatlariga tahdid soladigan darajada keng imkoniyatga ega deb hisoblab bo‘lmaydi”, – deydi Rabbimov.
4 sentabr kuni Toshkentda Shanhay Hamkorlik Tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi hamda MDHning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish konferensiyalari bo‘lib o‘tmoqda. Unda so‘z olgan O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov ShHTga a’zo davlatlarni “Xuroson viloyati”ga qarshi kurashda Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
“Afg‘oniston hukumati o‘z imkoniyatlari va resurslaridan kelib chiqib, xalqaro terrorizmga qarshi kurashmoqda, afg‘on maxsus xizmati XVID (Xuroson viloyati Islom davlati)ga qarshi kurashda yetakchilik qilib, muayyan natijalarga erishmoqda. Shu bois, dushmanga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak. «Xuroson viloyati»ga qarshi kurashda Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish muhim, chunki qarshi choralarni zaiflashtirish bu guruhning kuchayishiga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, mintaqa xavfsizligiga xavf soladi”, – dedi general-leytenant Abdusalom Azizov.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Endi tinchlikni tanlash kerak. Aks holda, keyingi hujumlar bundan kattaroq bo‘ladi» - Tramp Eronga hujumlar ortidan murojaat qildi
Jahon | 08:33
-
Zelenskiy: Rossiya almashuv doirasida Ukrainaga o‘zining 20 nafar harbiysi jasadini ham topshirdi
Jahon | 08:32
-
«Konstitutsiyaga mutlaqo zid» - AQSh qonunchilari Trampning qarorini muhokama qilmoqda
Jahon | 08:25
-
Katta AES bitimi, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 08:03
Mavzuga oid

00:59 / 21.06.2025
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi

15:55 / 12.06.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tuzdi

16:56 / 10.06.2025
Shavkat Mirziyoyev: Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etish lozim

16:48 / 05.06.2025