Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Sinfda o‘quvchi ko‘p, darslar tarbiyaviy soat bilan o‘tib ketadi” - yuqori sinf o‘quvchilari
Maktabni tamomlash arafasidagi o‘quvchi yoshlarni o‘qitilayotgan fanlar va berilayotgan bilimlar qoniqtiryaptimi? Kun.uz “Birinchi qo‘ng‘iroq” kunida Toshkentdagi 144-sonli maktab bitiruvchilari o‘rtasida kichik so‘rov o‘tkazdi.
Maktabda berilayotgan bilim bilan oliygohga kirish mumkinmi? Bu savolimizga o‘quvchilarning yarmi ha, yarmi yo‘q deb javob berishdi.
“Menimcha, yetarli emas. Agar sinfda kamroq o‘quvchi bo‘lganida, o‘qituvchi yetkazib berishi osonroq bo‘lardi”, – deydi o‘quvchi qizlardan biri.
“Menimcha, yetarli bo‘lmaydi. Chunki ko‘p o‘quvchilar o‘qituvchining dars o‘tishiga xalaqit qiladi, natijada rostanam o‘qiydiganlar o‘qiy olmay qoladi, vaqt yetmaydi ularga, tarbiyaviy soat bilan o‘tib ketadi. O‘qimaydigan bolani olib tashlash kerak, chunki ko‘pchilikka xalaqit qiladi”, – deydi boshqa bir o‘quvchi qiz.
“O‘qituvchilar dars berishadi, lekin bolalarda [berilgan bilimni] olish ozgina kamroq”, – deydi biz suhbatlashgan o‘quvchi yigit.
“O‘ziga bog‘liq. Agar maktabda zo‘r o‘qiyman desa, kirsa bo‘ladi”, – deydi boshqa bir yigit.
Kichik so‘rovimiz natijalariga ko‘ra, o‘quvchilar orasida biror bir fanni keraksiz deb hisoblaydiganlar juda kam. Qolaversa, bitiruvchi sinf o‘quvchilarining aksariyati ingliz tilini eng kamida bazaviy darajada bilishiga guvoh bo‘ldik.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026