Lavrov «qizil chiziqlar bo‘yicha hazillashmaslik kerakligi»ni aytdi
Rossiya rasmiylari oldin ham «qizil chiziqlar» haqida ogohlantirgan, ammo ular bir necha bor buzib o‘tilgan.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Ukrainaga Amerikaning F-16 qiruvchilari uchun uzoq masofaga harakatlanuvchi raketalari yetkazib berilishini izohlarkan, AQSh hukumati o‘zi uchun o‘rnatgan «chegaradan o‘tayotgani» va bu xavfli ekanini ta’kidladi. «U yerdagilar bizning qizil chiziqlarimiz to‘g‘risida hazil qilishadi — bizning qizil chiziqlarimiz bilan hazillashmaslik kerak. Va ular bu chiziqlar qayerdan o‘tishini juda yaxshi bilishadi», — degan Lavrov.
RF rasmiylari keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon «qizil chiziqlar» haqida bir necha bor bayonot berib, agar ular qandaydir «provokatsiya»lar amalga oshiradigan bo‘lsa, darhol javob qaytarishni va’da qilgan. Bu ogohlantirishlardan ko‘pchiligi e’tiborsiz qoldirilgan — va jiddiy oqibatlarga ega bo‘lmagan, ayrim cheklovlar esa hozircha buzilmagan. Quqida Rossiya rasmiy shaxslari gapirgan asosiy «qizil chegaralar» bilan nimalar bo‘lgani haqida.
Ukraina ustida parvozlardan xoli hudud yaratilishi
Iqtibos. Hozir biz Ukraina hududi ustini parvozlardan xoli qilish qilish kerakligi haqidagi gaplarni eshityapmiz. Buni Ukrainaning o‘z hududida qilish imkonsiz, faqat qaysidir qo‘shni davlat hududi ustida qilish mumkin. Ammo bu yo‘nalishdagi har qanday harakat - hududidan bizning harbiy xizmatchilarga tahdid solinadigan o‘sha mamlakatning mazkur qurolli mojaro ishtiroki sifatida baholanadi. Biz o‘sha zahoti o‘sha davlatlarni harbiy mojaro ishtirokchisi sifatida ko‘ramiz va ular qaysi tashkilot a’zosi ekanining farqi bo‘lmay qoladi (Vladimir Putin, 2022 yil 5 mart).
Keyin nima bo‘lgan. NATO mamlakatlari darhol Ukraina osmoni parvozlardan holi hududga aylantirilishini istisno qildi va bu mojaro geografiyasi uning hududlaridan tashqariga yoyilishini kafolatlashini bildirdi. Zelenskiy G‘arbni bu qaror uchun tanqid qildi.
Ukrainaga qurollar karvoni yuborilishi
Iqtibos. Biz AQShni qator davlatlar uning boshqaruvida qurol-yarog‘ olib kelishi — shunchaki xavfli yurish emas, tegishli karvonlarni qonuniy maqsadga aylantiradigan harakat ekani haqida ogohlantirdik. Biz Ukrainaga qo‘lda olib yuriluvchi zenit raketa komplekslari, tankka qarshi raketa komplekslari va boshqa qurol turlari o‘ylamasdan yetkazib berilishi qanday oqibatlarga ega bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdik (TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkov, 2022 yil 12 mart).
Keyin nima bo‘lgan. G‘arb mamlakatlari urushning ilk haftalaridayoq Ukrainaga qurol yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishdi. Bu qandaydir maxsus javob choralarini keltirib chiqarmadi.
Uzoq masofali raketalar yetkazib berilishi
Iqtibos. Agar ular yetkaxib berilsa, biz bundan tegishli xulosalar chiqaramiz va o‘zimizda yetarlicha bo‘lgan vositalardan foydalangan holda hali zarba bermagan nishonlarimizga zarbalar beramiz (Vladimir Putin, 2022 yil 5 iyun).
Keyin nima bo‘lgan. Buyuk Britaniya 2023 yil mayida Ukrainaga 250 kilometrgacha masofadagi nishonlarni ura oluvchi Storm Shadow raketalarini yetkazib berdi. 2024 yil bahorida AQSh Kiyevga harakatlanish radiusi 300 kilometrga yetadigan ATACMS raketalarini yetkazib berishni boshladi.
Raketalar harbiy harakatlar hududidan tashqarida qo‘llanishi
Iqtibos. Bu raketalar [HIMARS va Storm Shadow] maxsus harbiy amaliyot o‘tkazish hududidan tashqarida qo‘llanishi AQSh va Buyuk Britaniyaning mojarodagi to‘liq ishtirokini anglatadi va zudlik bilan Ukrainadagi qaror qabul qilish markazlariga zarba berilishiga olib keladi (Sergey Shoygu, RF mudofaa vaziri, 2023 yil 20 iyun).
Keyin nima bo‘lgan. Ukraina 2023 yilning ikki yarmidan g‘arb raketalari bilan harbiy harakatlar olib borilmayotgan Qrimni o‘qqa tutishga kirishdi. G‘arb yarimorol 2014 yilda RF tomonidan anneksiya qilinganini tan olmagan, shu tufayli avvalboshdan Ukraina qurolli kuchlari qabul qilib olgan raketalari bilan Rossiya hududiga zarba berishiga qo‘yilgan cheklov ushbu hudud uchun qo‘llanmagan.
F-16 qiruvchilarining NATO mamlakatlari aerodromlaridan parvozlari
Iqtibos. Qat’iy ogohlantiramizki, bu qiruvchi samolyotlardan ko‘rsatilgan mamlakatlar — NATO a’zolari hududidan turib foydalanilishi ularning Ukrainadagi mojarodagi ishtirokini anglatadi va Rossiyani javob choralarini ko‘rishga majbur qiladi (Rossiyaning YeXHTdagi vakili Konstantin Gavrilov, 2023 yil 13 dekabr).
Keyin nima bo‘lgan. Ilk F-16 samolyotlari Ukrainaga 2024 yil avgusti boshida yetib keldi. Hozirga qadar ularning parvozlari uchun ittifoqchilarning aerodromlaridan foydalanilgani haqida ma’lumot chiqmagan.
Ukrainaga NATO harbiy kontingenti yuborilishi
Iqtibos. Ukrainaga natochilar harbiy kontingentini yuborish imkoniyati haqida gapira boshlashdi. Biz qachondir o‘z kontingentlarini bizning mamlakat hududiga yuborganlarning taqdirini eslatamiz. Endi ehtimoliy interventlar uchun oqibatlar undanda fojialiroq bo‘ladi (Vladimir Putin, 2024 yil 29 fevral).
Keyin nima bo‘lgan. NATO harbiy xizmatchilari to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun Ukrainaga yuborilishi haqida gap yo‘q. Shu bilan birga, Kiyevga Ukraina qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarini voqea joyida o‘qitish uchun harbiy instruktorlarni yuborish masalasi qizg‘in muhokama qilinmoqda — hozirda ular Yevropa mamlakatlarida tayyorgarlikdan o‘tadi va askarlarni o‘quv poligonlariga olib borish va ularni ortga qaytarish ko‘p vaqt talab etadi. May oyida AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari instruktorlar yuborilishi «muqarrar» ekanini aytgandi.
Rossiyaning xalqaro tan olingan hududlariga raketalar bilan zarba berish
Iqtibos. Agar kimdir bunday qurollarni bizning hududimizga hujum qilish uchun harbiy harakatlar hududiga yetkazib berish va bizga muammo tug‘dirish mumkin deb o‘ylayotgan bo‘lsa, unda nima uchun biz Rossiyaga qarshi bu ishni qilayotgan o‘sha davlatlarning nozik obektlariga zarba berish mumkin bo‘lgan nuqtalarga shu kabi qurollarni yetkazib berishga haqqimiz bo‘lmasligi haqida o‘ylayapmiz. (Vladimir Putin, 2024 yil 5 iyun).
Keyin nima bo‘lgan. Ukraina g‘arb yetkazib bergan uzoq masofali raketalardan Rossiya hududlari bo‘ylab zarbalar berishda foydalangani haqida rasman xabar berilmagan. Storm Shadow raketalari yetkazib beruvchisi Buyuk Britaniya Kiyev harbiy yordamdan mudofaa maqsadlarida qanday foydalanishni «o‘zi hal qilishi»ni bildirgan bo‘lsa-da, raketalarni Kursk oblastidagi yurishda qo‘llashni taqiqlagan. Ukraina hukumati AQShdan bir necha marta Amerikaning uzoq masofali qurollarini qo‘llash bo‘yicha shunday taqiqni bekor qilishni so‘ragan, ammo hozircha rozilik olmagan. Ukraina armiyasi Rossiyaning xalqaro tan olingan chegaralari doirasida zarbalar berishda HIMARS raketalaridan foydalangani tasdiqlanmagan.
Mavzuga oid
14:45 / 26.12.2024
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05 / 26.12.2024
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024