“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasining IX qurultoyida partiyaning 2020-2024 yillardagi faoliyati natijalari tahlil qilindi va 2025-2029 yillarga möljallangan saylovoldi dasturi tasdiqlandi.
Şuningdek, qurultoyda 27 oktyabrda bölib ötadigan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy kengaşlar saylovlariga partiyadan nomzodlar körsatildi.

Partiyadan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga majoritar saylov tizimi böyiça 75 nafar, proporsional saylov tizimi böyiça 100 nafar, jami 175 nafar nomzod körsatilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan gender tenglikni ta’minlaş siyosatiga hamohang ravişda nomzodlarning 76 nafari yoki 43,4 foizi ayollarni taşkil etdi.


Uşbu muhim siyosiy jarayonda Milliy tiklaniş partiyasi avvalgi saylovoldi dasturida belgilangan 300 dan ortiq vazifalardan 294 tasi (98 foizi) amalga oşirilganligi ma’lum qilindi. Ilgari surilgan taşabbuslar va oldinga qöyilgan vazifalarning yeçimlari yuzasidan berilgan takliflarning 30 tasi qonunçilikda, 130 tasi Prezident Farmon va qarorlarida, 77 tasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va vazirliklarning idoraviy hujjatlarida, jumladan 25 tasi Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oşiriş böyiça Davlat dasturlarida va 32 tasi partiya loyihalarida aks ettirilgan hamda amalga oşirilgan.

Partiya iqtisodiy sohani milliy qadriyatlar orqali rivojlantiriş, şuningdek, tarixiy-madaniy merosimizni asrab-avaylaş, an’analarni saqlaşni maqsad qilgan. Şuningdek, bu borada kuraş olib boradi.


Şu bilan birga, partiya uçun eng muhim masalalardan biri yoş avlodni tarbiyalaşdir. Saylovoldi dasturida maktabgaça va maktab ta’limini rivojlantiriş va sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga alohida e’tibor qaratilgan. Muhimi, dasturda özbek tilini rivojlantiriş va ilmiy adabiyotlarni çet tillardan davlat tiliga tarjima qiliş işlariga ham alohida e’tibor qaratilgan.

















