«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov O‘zbekistonda LGBT tashviqotini taqiqlovchi qonun loyihasi tayyorlanayotganini aytdi. Tegishli postni u o‘z Telegram-kanalida joylashtirdi.
Siyosatchi Donald Trampning qizi Ivanka Tramp tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan postga izoh berdi. U otasining nomaqbul jinsiy kontent va transgender mafkurasini o‘rgatadigan maktablarni federal moliyalashtirishni to‘xtatishi haqidagi bayonotini keltirdi.
Qodirovning ta’kidlashicha, «Xastalikning o‘chog‘idagi o‘zgarish – bu juda yaxshi».
«Biz bu borada har qanday targ‘ibotni taqiqlovchi qonunni qabul qilish ustida ishlayapmiz», deb qo‘shimcha qildi u.
«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi boshqa tafsilotlarni ma’lum qilmadi.







