5 may kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi fraksiyalarining qöşma yiğilişi bölib ötdi.

Yiğilişda ikki fraksiya parlamentda “Taraqqiyot bloki” nomli yangi siyosiy birlaşma tuzganini e’lon qildi. Bu haqda Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinişiça, mazkur blok 93 nafar deputatni birlaştirgan holda parlamentdagi eng yirik kuçga aylanmoqda.

Bayonotda ta’kidlanişiça, “Taraqqiyot bloki” mamlakatda oxirgi yillarda amalga oşirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy islohotlarni davom ettiriş va “Özbekiston – 2030” strategiyasini töliq qöllab-quvvatlaşini ma’lum qilgan.

ÖzLiDeP yetakçisi Aktam Xaitovning ta’kidlaşiça, blokka birlaşiş — partiyalarning ulğaygan mas’uliyati va siyosiy madaniyatini namoyon etadi:

“Blokka birlaşişni – partiyalarning ulğaygan mas’uliyat hissi va ulkan siyosiy madaniyati belgisi sifatida qarasak böladi. Çunki saylovçilar bizdan natija kutyapti. Biz esa natija uçun birdam bölib, muştarak maqsad va amaliy hamkorlikni yölga qöyişimiz kerak”, deya tuşuntiriş bergan u.

“Milliy tiklaniş” partiyasi fraksiyasi rahbari Alişer Qodirov esa bu taşabbusni mamlakatni rivojlangan, qudratli davlatga aylantiriş yölidagi muhim qadam sifatida baholadi.

Blokning ustuvor yönalişlari sifatida quyidagilar belgilangan:

– milliy iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş, eksport salohiyatini oşiriş;

– xususiy mulk daxlsizligini ta’minlaş, iqtisodiy faollikni rağbatlantiriş;

– söz erkinligini himoya qiliş, mustaqil OAVni qöllab-quvvatlaş;

– ta’lim sifati va inson kapitali rivojini ta’minlaş;

– tibbiy xizmatlarni raqamlaştiriş, tibbiy suğurtani joriy etiş;

– soliq ma’murçiligini soddalaştiriş va barqaror soliq siyosatini yuritiş;

– davlat xarajatlarini qisqartiriş va davlat xizmatlarini raqamlaştiriş;

– xususiy pensiya jamğarmalari tizimini joriy etiş;

– mamlakat suvereniteti va xavfsizligini kafolatlaş.