Ayniqsa, “Milliy tiklaniş” partiyasi bu borada öziga xos qaraşlarga ega. Bu haqida partiya yetakçisi Alişer Qodirov öz intervyusida sözlab berdi. Partiya dasturida pedagoglar va boğça tarbiyaçilarini işga tanlov asosida qabul qiliş tizimini joriy qilişdan taşqari, maktablarda öquvçilarga qaysi yönalişda ta’lim beriş kerakligi böyiça takliflar ilgari surilişi bildirildi.

Jumladan, Qodirov “Bu safargi saylovoldi dasturimizda biz bir narsaga alohida urğu qaratmoqdamizki, maktablarda yettinçi sinfdan boşlab bolalarni undagi qobiliyatiga qarab tabaqalaştirilgan holda öqitiş taklifini ilgari suryapmiz”, deya fikr bildirdi.

Bu taklifning asl mohiyatini tuşuntirar ekan, u “7-sinfgaça bola umumiy, fundamental bilimlarni olganidan keyin, unda ilmga bölgan salohiyat yuqorimi yoki sportçilik qobiliyati yaxşimi yoki hunarmandlik xususiyatlari yaqqol körinib turibdimi, balki tadbirkorlik xususiyati ustunmi?

Qolaversa, öz taklifini mustahkamlaş uçun u “Bugun maktablarimiz oliy ta’limni hayot-mamot masalasi sifatida bolaning ongiga singdiryapti. Vaholanki, hayotda baxtli yaşaş uçun oliy ta’lim diplomi talab qilinmaydi”, deya fikr bildirdi partiya lideri.

Körinib turibdiki, “Milliy tiklaniş” partiyasi maktablarda öquvçilarni köproq ixtisoslaştirgan holda öqitiş tarafdori bölmoqda. Ya’ni bola barça sohalarni emas, özi mutaxassis bölib işlamoqçi bölgan sohasiga köproq vaqt ajratsin degan taklif ilgari surilmoqda.

Suhbat davomida Alişer Qodirov ta’lim sohasini isloh qilişga doir boşqa fikr va takliflarini ham bildirib ötdi.