Hongkongda «Yagi» supertayfuni tufayli 100 dan ortiq reys bekor qilindi
Shahardagi do‘konlar oziq-ovqat zaxiralarini g‘amlab olishga chiqqan aholi va turistlarga to‘lib ketgan. Hongkong hukumati fuqarolarni zarurat bo‘lmasa, uylarini tark etmaslikka chaqirmoqda.

Foto: SCMP
Hongkongda «Yagi» supertayfuni tufayli 101 ta reys bekor qilindi. Bu haqda havo bandargohi elektron tablosi ma’lumotlariga tayanib, mahalliy OAV xabar bermoqda.
«Mahalliy vaqt bilan soat 18:20 da Hongkong meteorologiya observatoriyasi «Yagi» supertayfuni yaqinlashayotgani tufayli joriy yilda bo‘rondan ogohlantirish darajasini birinchi marta T8 darajasiga qadar ko‘tardi. Shu bois shahardagi yerusti jamoat trasnportlari deyarli to‘liq faoliyatini to‘xtatdi. O‘quv muassasalaridagi darslar bekor qilindi», — deb yozadi South China Morning Post.
Qayd etilishicha, shahardagi do‘konlar oziq-ovqat zaxiralarini g‘amlab olishga chiqqan aholi va turistlarga to‘lib ketgan. Hongkong hukumati, shuningdek, fuqarolarni baland hududlar va qirg‘oq bo‘ylarini tark etishga, zarurat bo‘lmasa, uylarini tark etmaslikka chaqirmoqda.
Meteorologlarning baholashicha, tayfun shahardan 330 kilometr janubda bo‘lib, hozirda shimoli-g‘arb yo‘nalishida harakatlanmoqda. 6 sentabr kunining ikkinchi yarmida u Xaynan provinsiyasining janubiy qismi va Leychjou yarimoroliga yopirilishi kutilmoqda. Ayni vaqtda supertayfun ichidagi shamol tezligi soniyasiga 58 metrni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avgust oxirlarida Yaponiyada «Shanshan» tayfuni yaqinlashayotgani tufayli 230 dan ortiq reys bekor qilingandi. Bekor qilingan aviareyslarning aksariyati Japan Airlines kompaniyasiga tegishli (28 avgust kungi 82 ta reys va ertasi kuni yana 60 ta reys) edi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi
Jahon | 18:19
-
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi
O‘zbekiston | 18:01
-
Taklifi inobatga olinmagan liberallar, normani qat’iy himoya qilgan tashabbuskorlar – qonunchilik palatasi yalpi majlisi qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 18:00
-
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
Jahon | 17:55
Mavzuga oid

10:19 / 20.12.2024
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida o‘zaro vizasiz tartib o‘rnatish masalasi muhokama qilinmoqda

23:51 / 10.12.2024
Xitoy «Hongkong ishiga aloqador» AQSh fuqarolariga viza berishni chekladi

17:40 / 03.12.2024
Hongkongda 2,5 ming panda haykallaridan iborat ko‘rgazma o‘tkazilmoqda

22:51 / 15.09.2024