Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metropolitenida metall detektorlar o‘rnatiladi
Bu xavfsizlik choralarini ta’minlash va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan izohlanmoqda.
Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalarini o‘rnatish ishlari boshlandi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Toshkent metropolitenidan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa metropoliten xodimlaridan qo‘shimcha mas’uliyat va javobgarlikni talab etadi. Shu bois, bekatlardagi xavfsizlik choralarini ta’minlash va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida barcha metro bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalarini o‘rnatiladi.
«Shu o‘rinda yo‘lovchilardan o‘zi va o‘zgalar xavfsizligiga befarq bo‘lmasliklarini hamda xavfsiz xizmat ko‘rsatilishida yaqindan yordam berishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:10 / 19.05.2026
Lift xavfsizligini baholash tizimi uchun yangi tartib joriy etilmoqda
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
10:51 / 02.03.2026
Iordaniya va Bahraynda bo‘lgan fuqarolarga xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar berildi
16:37 / 11.02.2026