Köz kasalliklaridan saqlaniş uçun nima qiliş kerak? Respublika köz kasalliklari klinik şifoxonasi boş şifokori Otabek Ikromov bu borada bir qança tavsiyalarni berdi.

— Kuzda haroratning özgarişi, şamollar va havo namligining pasayişi köz bilan boğliq turli kasalliklar xavfini oşiradi. Şuningdek, bu davrda ösimliklar va daraxtlarning çang çiqarişi eng yuqori darajada böladi. Oqibatda odamlar orasida allergik reaksiyalar, xususan, virusli kon’yunktivit va mavsumga xos boşqa köz muammolari köp uçraydi. Ulardan biri allergik kon’yunktivitdir, dedi mutaxassis.

Qayd qilinişiça, uşbu kasallikning asosiy sababi haşarotlar, ösimlik çanglari va boşqa allergiya çaqiruvçi omillardir. Xastalik qözğaganda bemorda közning qizarişi, yoşlanişi va qiçişiş kuzatilib, unda yot narsa bordek tuyuladi.

Xastalikdan himoyalaniş uçun közoynak taqiş, xonadagi havo filtrlaridan foydalaniş, allergiyaga qarşi dori vositalarini şifokor maslahati bilan qabul qiliş lozim.

Bundan taşqari, uşbu faslda köp uçraydigan yana bir kasallik quruq köz sindromi bölib, unga havo sovuşi va şamollar kuçayişi sabab böladi. Qolaversa, havo namligining kamayişi ham közning quruqligiga ta’sir qiladi.

Xastalik payti bemorda köz qiçişişi va qurişi, unda yot narsa borday his qiliş, yoruğlikka sezgirlik hamda körişning vaqti-vaqti bilan xiralaşişi kuzatiladi. Quruq köz sindromidan saqlaniş uçun şifokor tavsiyasi asosida maxsus yoş tomçilaridan foydalaniş, kompyuter yoki smartfon bilan uzoq vaqt işlaganda har 20 daqiqada tanaffus qiliş, namlagiçlar orqali xonada havo namligini ta’minlaş kerak.

Şifokorning ta’kidlaşiça, kuz fasli virusli infeksiyalar uçun ham qulay davr hisoblanadi. Şu bois bu paytda köpçilik insonlarda yana bir köz kasalligi — virusli kon’yunktivit qözğaydi. Uşbu xastalik viruslar orqali yuqadi va juda tez tarqalişi mumkin. U köz qizarişi, qiçişiş, boş oğriği va tomoq oğriği kabi umumiy virusli kasalliklar bilan birga namoyon böladi. Kasallikning oldini oliş uçun şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş — qöllarni tez-tez yuviş, közga tegmaslik, agar virusli infeksiya belgilari sezilsa, darhol şifokorga murojaat qiliş tavsiya etiladi.