Mask to‘rt yildan keyin odamlar Marsga uchishini e’lon qildi
SpaceX ikki yil ichida Marsga Starship kosmik kemasini uchirishni rejalashtirmoqda, sayyoraga birinchi odamning parvozi to‘rt yil ichida amalga oshishi mumkin, dedi Ilon Mask.
«Bundan keyin (Marsga) parvozlar intensivligi eksponent ravishda oshadi, bizning maqsadimiz - taxminan 20 yil ichida Marsda o‘zini o‘zi ta’minlaydigan shahar qurish», dedi SpaceX asoschisi.
SpaceX ikki yildan so‘ng Marsga Starship kosmik kemalarini uchirishni rejalashtirmoqda, to‘rt yildan keyin sayyoraga birinchi marta odamlar parvoz qiladi, dedi SpaceX asoschisi Ilon Mask.
Starship parvozlari orqali sayyoraga qo‘nish jarayoni mashq qilinadi. «Agar qo‘nishlar muvaffaqiyatli bo‘lsa, 4 yildan so‘ng Marsga odamning birinchi parvozi amalga oshiriladi», deb yozdi Mask va taxminan 20 yil ichida sayyorada o‘zini o‘zi ta’minlaydigan shaharni qurmoqchi ekanini ma’lum qildi.
Bunga erishish uchun Marsga foydali yukni yetkazib berish xarajatlarini kamaytirish kerak - hozirgi bir tonna uchun 1 milliard dollardan 100 ming dollargacha, dedi Mask.
«Demak, texnologiya 10 ming marta yaxshiroq bo‘lishi kerak. Juda qiyin, lekin imkonsiz emas», dedi u. Milliarderning eslashicha, SpaceX birinchi «to‘liq qayta foydalanish mumkin» raketani ishlab chiqdi va uni qayta ishlatishni iqtisodiy jihatdan samarali qildi.
Starship kosmik kemasi sayyoralararo parvozlar uchun mo‘ljallangan. SpaceX veb-saytida aytilishicha, u eng baland kosmik kema va qayta foydalanish mumkin bo‘lganda 150 tonnagacha yukni ko‘tarishga qodir. Kema odamlar va yuklarni Oy va Marsga yetkazish uchun yaratilgan. Buning uchun 33 ta dvigatelga ega Super Heavy o‘ta og‘ir raketa ishlab chiqilgan.
Mart oyida SpaceX kompaniyasi Starship kemasining uchinchi sinovini o‘tkazdi. Kompaniyaning xabar berishicha, raketa koinotga uchirildi, biroq Yer atmosferasiga qaytgach, Starship signalni yuborishdan to‘xtagan, oqibatda raketaning birinchi bosqichi qo‘nolmadi.
Mavzuga oid
19:30 / 13.10.2024
SpaceX ilk bor eng og‘ir Starship tashuvchi raketasini yerga muvaffaqiyatli qaytardi
23:17 / 11.10.2024
Ilon Maskning taksi-robotlari sarmoyadorlarda taassurot qoldirmadi
22:34 / 10.10.2024
Ilon Mask Tesla tadbirida «kibertaksi»ni namoyish etadi
10:30 / 09.10.2024